Inflyatsiyaning mohiyati va uning yuzaga chiqish shakllari 2 Inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari


Download 295.5 Kb.
bet6/8
Sana24.03.2023
Hajmi295.5 Kb.
#1293871
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Inflatsiyaga qarshi siyosat samaradorligini oshirishning jahon t

Inflyatsiya ko`rsatkichlari. Inflyatsiyada nafakat chakana baho, balki ulgurji baho ham oshib boradi. G`arb mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy kursatkichi kilib chakana baholarning uzgarishi (oshishi) kabul kilingan. Agar ma`lum davrda baholar ikki marta oshsa, pul ham ikki marta kadrsizlangan deb hisoblanadi.
Chakana baholar usishini hisoblash maxsus davlat organlari tomonidan aniklanadigan baxolar indeksiga asoslanadi. Baxolar indeksini hisoblashning boshlangich nuktasi kilib (yuz foiz deb) bazis yili olinadi va joriy yilda baholar uzgarishi, urtacha yillik usishi sur`ati hisoblanishi mumkin.
Milliy valyutaning ichki barqarorligi inflyatsiyaga qarshi siyosatni yuritish orqali so`mning to`lov qobiliyatini doimiy darajada ushlab turish, ichki to`lovlar va hisob-kitoblar tizimining talab darajada ishlashi hamda so`mning respublika xududida yagona qonuniy to`lov vositasi sifatida muomalada bo`lishini ta`minlashni ko`zda tutadi.
2018 yilda Markaziy bank monetar siyosatni inflyatsiya sur`atlari va aholining inflyatsion kutishlari darajasini keskin kamaytirish vazifalaridan kelib chiqqan holda amalga oshirdi.
Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar narx-navo o`sishini sezilarli darajada pasaytirish imkonini berdi.2018 yilda iste`mol tovarlari narxlari asosida hisoblangan inflyatsiya darajasi 2017 yildagi 21,6 foizdan 3,8 foizgacha pasaydi.
Shuningdek, inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar monetar agregatlar zaxira pullar va pul massasining maqsadli parametrlarini belgilash orqali ham amalga oshirilmoqda.
2018 yilda ham Markaziy bank monetar siyosatining asosiy yo`nalishi inflyatsiya darajasini yanada pasaytirish va uning past darajada ushlab turilishini ta`minlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo`lib qoladi. Inflyatsiya darajasining bosqichma-bosqich pasayishi iqtsiodiyotning real sektoriga ajratiladigan kreditlar hajmining oshishiga va shu asosda barqaror iqtisodiy o`sish jarayonlarini qo`llab-quvvatlashga zamin yaratadi. Pul-kredit siyosatining 2019 yilga mo`ljallangan asosiy yo`nalishlari inflyatsiya darajasini yaqin yillar ichida yiliga 5-6 foiz, shu jumladan 2019 yilda 6-8 foiz darajasidan oshirmaslikni ko`zda tutadi.
Milliy valyutaning tashqi barqarorligini ta`minlashga doir chora-tadbirlar valyuta bozorining faoliyat ko`rsatishi, ijobiy to`lov balansini ta`minlash va etarli darajada oltin-valyuta zaxiralarini shakllantirish, barqaror va yagona almashuv kursini saqlab turish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni o`z ichiga oladi.
2018 yilda milliy valyutaning erkin ayirboshlanishini ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlar uchun talab va taklifdan kelib chiqqan holda yagona almashuv kursi belgilanganidan ochiq valyuta bozorini shakllantirish imkonini berdi.
Markaziy bank 2020-yilda ham so`mning talab va taklif asosida shakllanadigan o`zgaruvchan almashuv kursini qo`llab-quvvatlashni davom ettiradi. Ayni paytda Markaziy bank ichki va tashqi narxlar dinamikasi, to`lov balansi ko`rsatkichlarini hisobga olgan holda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining jahon bozorlaridagi raqobatbardoshligini qo`llab-quvvatlashga doir tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
2020yilda inflyatsiya sur`atining sezilarli darajada pasaygani Markaziy bankka qayta moliyalash stavkasini yiliga 30 foizdan 20 foizgacha bosqichmabosqich kamaytirish imkonini berdi. Qayta moliyalash stavkasining pasayishi moliya tizimidagi foiz stavkalarining ham mos ravishda o`zgarishiga olib keldi.
2020yilda bank tizimida iqtisodiyotnin real sektoridagi jarayonlarni aks ettiruvchi sifat o`zgarishlari ruy berdi. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi banklarda omonatlarning keskin o`sishiga, tijorat banklari tomonidan aholiga kursatilayotgan xizmatlar ko`lamining, shu jumladan iste`mol kreditlari hajmining ortishiga olib keldi.

Download 295.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling