“infolib uzbekistan-2022”


Download 15.08 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi15.08 Kb.
#1435864
Bog'liq
B I L D I R G I


Qo‘qon davlat pedagogika instituti rektori D.Sh.Xodjayevaga

Axborot-resurs markazi Elektron kutubxona bo‘limi AT yetakchi mutaxassisi Sh.Ismoilovdan



B I L D I R G I
Men, 31.10.2022 yil kungi №103X/C sonli buruqqa asosan, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “INFOLIB UZBEKISTAN-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligida 2022 yil 1-4-noyabr (to‘rt kun muddat bilan) kunlari xizmat safarida bo‘lib qaytdim.
2022-yil 1-noyabr kuni “Tuman (shahar) AKMlarida foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish tartibi va qoidalari” mavzusida viloyat va tuman (shahar) axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun tashkil etilgan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
2022-yil 2-noyabr kuni italyan bolalar yozuvchisi, hikoyachi va jurnalist Janni Rodari ijodiga bag‘ishlangan tadbir, “Factorbooks” nashriyotida chop etilgan yangi kitoblar va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbonning “Ma’no ahli bilan yonma-yon”, “Makkayu Madinam yohud uzoq yaqin ko‘ngillar” nomli kitoblari taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.
2022-yil 3-noyabr kuni respublikadagi tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun Milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirish xizmati tomonidan “Davlat standartlariga muvofiq adabiyotlarning bibliografik ro‘yxatini tuzish” bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
2022-yil 4-noyabr kuni haftalikni bibliograf olimalardan biri Hamroxon Mamatraimova tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Fidoyi inson — mohir pedagog” nomli xotira kechasi o‘tkazish bilan yakunlandi.
Sarf qilingan harajatlar
1-noyabr: Qo‘qon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 100000 (yuz ming) so’m. Toshkent shahar – Piskent tumani bordi keldi bo‘yicha jami 200000 (ikki yuz ming) so‘m.
4-noyabr: Toshkent – Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha 100000 (yuz ming) so’m.
Jami harajatlarga 400000 (to‘rt yuz ming) so‘m bo‘lganini inobatga olib ushbu summani to‘lab berishingizni so‘rayman.


ARM AT yetakchi mutaxassisi: Sh.Ismoilov
Download 15.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling