Информационный дайджест


Download 115.5 Kb.
bet3/6
Sana08.01.2022
Hajmi115.5 Kb.
#252478
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
26.08.2018 uzb

mintaqalar

“Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida “Toshkent viloyatida biznes yuriting“ investitsion forumi oʻtkazildi


Forumda Rossiya, Fransiya, Germaniya, Polsha, Bolgariya, Turkiya, AQSH, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Malayziya va Singapur kabi 20 dan ortiq davlatdan 200 dan ziyod diplomatik korpus vakillari, tadbirkor va investorlar ishtirok etdi.

Ikki kun davom etgan forumning dastlabki kunida Toshkent viloyatining turizm, sanoat, qishloq xoʻjaligi va farmatsevtika yoʻnalishlaridagi biznes loyihalar taqdimoti boʻlib oʻtdi. Viloyat hokimi Gʻ.Ibragimov tomonidan chet ellik ishbilarmon doira vakillariga viloyatning investitsion muhiti – sharoit va imkoniyatlari tanishtirildi.

Tadbirda Bolgariya, Tatariston va Xitoy davlatlari vakillari Oʻzbekiston Respublikasida, shu jumladan, poytaxt viloyatida biznes yuritishning afzalliklari, investorlar uchun yaratilgan qulay sharoit va imkoniyatlar, imtiyozlar haqida oʻz fikrini bildirildi.

Forum doirasida “Oʻzekspomarkaz” pavilonida viloyatning 200 ga yaqin tadbirkorlari tomonidan sanoat, turizm va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari koʻrgazmasi ham tashkil etildi.

– Korxonamizda yiliga oʻrtacha 10 ming tonna sifatli tovuq goʻshti tayyorlanadi, – deydi Piskent tumanidagi “Saxovat Broyler“ masʻuliyati cheklangan jamiyati boʻlim boshligʻi R.Qambarov. – Mahsulotlar asosan qoʻshni Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va arab davlatlariga eksport qilinmoqda.

Tadbir ishtirokchilari “Angren erkin iqtisodiy sanoat zonasi“da boʻlib, u yerdagi korxonalar faoliyati va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi.

Dastlabki maʻlumotlarga koʻra, forum doirasida chet ellik investorlar bilan 250 million dollorlik 10 loyiha boʻyicha kelishuvga erishilgan.

(Manba: O‘zA)


Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling