Informatika 2017. indd


SO‘ZBOSHI 4 MATN MUHARRIRLARI


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/54
Sana15.09.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1678413
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
6 class inforamation

SO‘ZBOSHI


4
MATN MUHARRIRLARI
Aziz o‘quvchilar! Siz klaviaturadan foydalanish va uning yorda-
mida matn yozish imkoniyati bilan 5-sinfda tanishdingiz. O‘ylaymizki, 
yozish nima uchun kerak degan savolga javobingiz ham tayyor. Bu 
darsda kompyuter texnikasining yozuv san’atiga qo‘shgan hissasi va 
imkoniyatlari haqida ma’lumot beriladi. Yana shuni yodda tutingki
ishga tushirilgan dasturning ekranda ko‘rinib turgan va undan foyda-
lanishga imkon bergan qismi uning interfeysi deb ataladi.
Kalit so‘zlar: yozuv, matn muharrirlari, matn protsessorlari.
YOZUV TARIXIDAN
Tarixdan ma’lumki, axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan 
biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g‘orlar devorlaridagi 
rasm va yozuv buning yaqqol isbotidir. Yozuv san’ati asrlar davomida 
deyarli o‘zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. 
Tosh devor
Toshlar
Terilar
Papirus
Qog‘oz
va pat
Qog‘oz
va pero
Qog‘oz va
ruchka
Qog‘oz va
mashinka
1-dars


5
Yuqoridagi usulda tayyorlangan rasm yoki matnni o‘zgartirish kerak 
bo‘ldi: nima qilish mumkin, qancha vaqt sarf bo‘ladi, qancha meh-
nat sarf bo‘ladi, xarajat qanday?
MATN MUHARRIRLARI HAQIDA MA’LUMOT
Kompyuterlar ishlab chiqilishi va rivojlanishi yozuv san’atini tubdan 
o‘zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog‘ozga 
chop etish kabi ishlarni bajarishga yo‘naltirilgan ko‘plab dasturlar ishlab 
chiqildi. Bu dasturlar, asosan, ikki turga bo‘linadi:
Masalan, e’tiboringizga havola etilgan ushbu darslik ham matn pro-
tsessorida yozilgan bo‘lib, turli rasmlar, jadvallar, ranglar va boshqa 
bezaklardan foydalanilganligini shu mavzudan ham ko‘rishingiz mumkin. 
Har xil rusumdagi kompyuterlar uchun turli matn muharrirlari ishlab 
chiqilgan. Bir rusumli kompyuter uchun o‘nlab matn muharrirlari ishlab 
chiqilgan. Masalan, Windows operatsion sistemasining tarkibiga kiritil-
gan Блокнот, WordPad va hokazo. Shuni bilingki, Блокнот, Word-

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling