Informatika 2017. indd


WORDDA MATN YOZISH QOIDALARI


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/54
Sana15.09.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1678413
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
Bog'liq
6 class inforamation

WORDDA MATN YOZISH QOIDALARI
Matn protsessorlarida matn yozish uchun faqat klavishlarni bosish-
ning o‘zi yetarli emas. Wordda matn avvaldan puxta o‘ylangan reja 
asosida yoziladi. Masalan, siz yozgan «Tarjimayi hol» nomli matn 
ham ma’lum bir savollarga javob berish orqali tayyorlandi. Biror 
hujjat tayyorlashni rejalashtirishda hujjat ko‘rinishlarini, matn yozish 
qoi 
dalarini, hujjatda harakatlanishni, tahrirlash imkoniyatlarini bilish 
muhimdir.
Kalit so‘zlar: hujjatning ko‘rinishlari, matn yozish qoidalari, huj-
jatda harakatlanish.
HUJJATNING KO‘RINISH HOLATLARI
Hujjat bilan ishlash maqsadlaridan kelib chiqib Microsoft Word das-
turi Ko‘rinish (Вид) tasmasi orqali hujjatni aks ettirishning bir necha 
ko‘rish holatlarini tavsiya etadi:
4-dars


20
Sahifani belgilash (Разметка страницы) holatida (A-rasm) matn, ho-
shiyalar, rasmlar va boshqa qismlar qog‘ozga chop etishga mo‘ljallan-
gan sahifadagi kabi ko‘rinishda aks etadi.
O‘qish holati (Режим чтения) holatida hujjat o‘lchamlari ekran 
o‘lchamlariga mos ravishda o‘zgaradi hamda ko‘p uskunalar aks etmay-
di. Bu holat hujjatni o‘qishda ko‘zning kamroq toliqishini ta’minlashga 
qaratilgan.
Web-hujjat (Веб-документ) holati hujjatni brauzer oynasidagi kabi 
aks ettiradi. Bu holatdan brauzerlarda (masalan, Windows tarkibidagi In-


21
ternet Explorerda) ko‘rish uchun Web-sahifa va Web-hujjatlar tayyorla-
ganda foydalanish qulay.
Struktura (Структура) holatida (B-rasm) hujjat sarlavhalari hujjat 
strukturasidagi pog‘onasiga mos ravishda siljiydi. Bu holat matn tarki-
bini ko‘rib turish, matn qismlarini nusxalash, ko‘chirib o‘tkazish yo‘li 
bilan matnni qayta tashkil etishda qo‘llaniladi.
Qoralama (Черновик) holati matnni kiritish, tahrirlash va format-
lash uchun ko‘zda tutilgan. Bu holat matnga ko‘proq e’tibor berish zarur 
bo‘lganda foydalaniladi. Qoralama holatida MS Wordning ba’zi element-
lari aks etmaydi.
Odatda, MS Word ishga tushirilganda Sahifani belgilash ko‘rish ho-
lati aks etadi. Qulaylik uchun ko‘rish holatlarini tanlash imkoniyati holat 

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling