Informatika 2017. indd


Download 2.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/54
Sana15.09.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1678413
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54
Bog'liq
6 class inforamation

Masalalar panelining o‘ng tomonida joylashgan til panelida aks etadi. 
Til panelida yuqoridagi 3 til holatiga mos 
yoki 
,
yoki 
tugma-
laridan biri aks etib turadi.
Til holatlaridan keragini tanlash quyidagi usullardan birida amalga 
oshirilishi mumkin.


16
1-usul. Sichqoncha yordamida. Til 
panelida aks etib turgan tugma tanlangan-
da hosil bo‘lgan (chapdagi rasmdagi kabi) 
tanlov ro‘yxatidan kerakli tugma tanlanadi.
2-usul. Klavishlar yordamida. Til pa-
nelida kerakli til holatiga mos tugma aks etguncha Alt (yoki Ctrl) klavi-
shini bosib turgan holda Shift klavishini bosish kerakli marta takrorla-
nadi.
Klaviatura til holatlaridan tashqari «quyi registr» yoki «yuqori re-
gistr» holatlaridan birida bo‘ladi. Kompyuter ishga tushirilganda, odatda, 
klaviatura quyi registr holatida bo‘ladi.
Quyi registr holatida klavish bosilganda til holatiga mos ravishda alif-
boning kichik harfl ari yoki klavishning quyi qismida aks etgan maxsus 
belgi ekranga chiqariladi. 
Masalan, quyi registrda: 
klavishi bosilganda ekranga 
chiqariladigan belgi
klaviatura lotin alifbosi holatida: b
klaviatura kirill alifbosi holatida: и
klavishi bosilganda ekranga 
chiqariladigan belgi
klaviatura lotin alifbosi holatida: 3
klaviatura kirill alifbosi holatida: 3 
klavishi bosilganda ekranga 
chiqariladigan belgi
klaviatura lotin alifbosi holatida: /
klaviatura kirill alifbosi holatida: .
Belgilarni yuqori registr holatida ekranga chiqarish uchun Shift kla-
vishini bosib turib kerakli klavishlar bosiladi. Demak, klaviatura yuqori 
registr holatiga faqat Shift klavishi bosib turilganda o‘tadi. Agar Shift 
klavishi qo‘yib yuborilsa klaviatura quyi registr holatiga qaytadi. Yuqori 
registrda til holatiga mos ravishda alifboning bosh harfl ari yoki klavish-
larning yuqori qismida aks etgan belgilar ekranga chiqariladi.
Masalan, yuqori registrda: 
klavishi bosilganda ekranga 
chiqariladigan belgi
klaviatura lotin alifbosi holatida: B
klaviatura kirill alifbosi holatida: И
klavishi bosilganda ekranga 
chiqariladigan belgi
klaviatura lotin alifbosi holatida: #
klaviatura kirill alifbosi holatida: № 
klavishi bosilganda ekranga 
chiqariladigan belgi
klaviatura lotin alifbosi holatida: ?
klaviatura kirill alifbosi holatida: ,


17
Ba’zan matnning katta qismini faqat bosh harfl arda yozishga to‘g‘ri 
keladi. Bunday holda, odatda, Caps Lock klavishidan foydalaniladi. 
Bu klavish bosilganda klaviaturaning o‘ng yuqori qismida Caps Lock 
indikatori yonadi va klaviatura faqat bosh harfl arni kiritish holatiga 
(yuqori registr holatiga emas!) o‘tadi. Caps Lock klavishi qaytadan 
bosilsa, Caps Lock indikatori o‘chadi hamda klaviatura yana kichik harf-
larni kiritish holatiga qaytadi. 
Yuqori registrda yozish uchun Shift klavishini bosishni unut-
mang!
Faqat bosh harfl arni yozish kerak bo‘lganda Caps Lock klavishi-
dan foydalaning!
O‘zbek alifbosida O‘, o‘, G‘ va g‘ harfl arini yozish muammosi bor. 
Bu harfl arni yozish uchun a) O, o, G, g harfl aridan keragi yoziladi
b) probel bosiladi va «‘» belgisi yoziladi; d) probel o‘chiriladi. Bu kabi 
yozilgan O‘, o‘, G‘ va g‘ harfl ari qatnashgan o‘zbek tilidagi so‘zlar Word 
dasturidagi so‘z atamasiga zid bo‘ladi. Chunki, o‘zbek tilidagi «bo‘g‘in» 
so‘zi Word uchun 3 ta so‘zga aylanadi: «bo», «g» va «in».

Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling