30
HUJJATLARNI TAHRIR QILISH
Qo‘lda yoki yozuv mashinkasida yozilgan matnga tuzatish kiritish
mushkul. Aksariyat hollarda tuzatish kiritilgan matn qaytadan oqqa
ko‘chiriladi. Matn muharrirlari va matn protsessorlari
esa matnlarga
ixtiyoriy tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi. Matnli hujjatga tuza-
tishlar kiritish hujjatni tahrir qilish deyiladi. Masalan, hujjatni tahrir
qilish jarayonida biror belgi o‘chiriladi, almashtiriladi
yoki joylashti-
riladi, matnning ma’lum qismi o‘chiriladi, nusxasi ko‘chiriladi yoki
joyi almashtiriladi.
Kalit so‘zlar:
matnni tahrirlash, belgi qo‘shish va o‘chirish, blok,
nusxalash, ko‘chirish.
MATNGA YANGI BELGI QO‘SHISH
Matn yozilganda xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi yoki yozish ja-
rayonida tez-tez fi kr o‘zgarib turishi mumkin. Demak,
umuman bexa-
to yozilgan matnga ham tuzatishlar kiritiladi. Matnni tahrir qilishda eng
ko‘p bajariladigan ishlardan biri, bu – ortiqcha belgini o‘chirish yoki
tushib qolgan belgini oraga joylashtirishdir.
Matnga yangi belgilarni kiritish quyidagicha bajariladi.
1. Yurgich matnning kerakli belgilar kiritilishi lozim bo‘lgan
joyiga
o‘rnatiladi:
Matnni |xato yozish muhim
2. Kerakli belgilar klaviaturada teriladi:
Matnni be|xato yozish muhim!
MATN QISMINI BELGILASH
Matnda
belgilangan biror qism blok deyiladi. Odatda, blok fon beril-
gan kabi rangi bilan ajralib qoladi. Matnda blok ajratish
klaviatura yoki
sichqoncha yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Klaviatura yordamida
blok ajratish uchun:
6-dars
31
Yurgich kerakli qismning (belgi, so‘z,
satr yoki abzas, sahifa) birinchi belgisi
oldiga
joylashtiriladi
Belgilanishi |kerak bo‘lgan qism.
Shift klavishini bosib turgan holda →
yo‘nalish klavishi matnning kerakli qis-
mi belgilanguncha bosib turiladi
Belgilanishi kerak bo‘lgan qism.
Do'stlaringiz bilan baham: