Informatika-9
Yuqori darajali dasturlash tillari
Download 27.08 Kb.
|
9 12 dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- translyatorlar
- Dasturlash tili Ishlab chiqilgan yil Dasturlash tili
- IV. Musahkamlsh uchun savol va topshiriqlar.
- V. Uyga vazifa
Yuqori darajali dasturlash tillaridagi ko‘rsatmalar inson tiliga yaqin bo‘lgan so‘zlar majmuidan iborat. Ular yordamida amallarni bajarish quyi darajadagi tillardan ko‘ra yengil bo‘lib, dasturchidan deyarli adreslar va qurilmalar bilan bevosita bog‘liq axborotlarni bilish talab etilmaydi. Bu tilda tuzilgan dasturlarni kompyuterlar bajara olishi uchun translyatorlar deb nomlanuvchi maxsus dasturlar raqamli ko‘rinishga o‘tkazib beradi.
Keyingi yillarda juda ko‘p yuqori darajadagi dasturlash tillari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular qatoriga Paskal, Ada, KARAT, C++, Delphi, Visual Basic Application kabi tillarni qo‘shish mumkin. Hozirgi kunda ishlab chiqilayotgan dasturlash tillari biror yo‘nalishdagi masalalarni hal qilishga mo‘ljallangan bo’lib, ularni obyektga yo’naltirilgan dasturlash tillari deb atashadi. Quyidagi jadvalda dasturlash tili rivojlanishi tarixidan qisqacha ma’lumot berilgan.
Bugungacha ishlab chiqarilgan dasturlash tillaridan keng tarqalgani Paskal (Pascal) dasturlash tilidir. Paskal dasturlash tili 1969-yil Nikalas Virt tomonidan ishlab chiqildi. Paskal tili dasturlashni o‘rgatish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lsa-da yuqori malakali dasturchilar orasida keng tarqaldi. Albatta samarali dasturlash tillari o‘zgarishsiz qolmaydi. Shu sababli ham turli rusumdagi kompyuterlar uchun Paskal tilining ularga moslashtirilgan naqllari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular Paskal tilining boshlang‘ich naqlidan farq qilishi mumkin. IV. Musahkamlsh uchun savol va topshiriqlar. Dastur deb nimaga aytiladi ? Dasturlash tili deganda nimani tushunasiz? Quyi va yuqori darajali tillar qanday xususiyatlari bilan o‘zaro farqlanadi? Dasturlash tillari elektron hisoblash mashinalarining turlariga bog‘liq bo‘ladimi? Javobingizni asoslang. Yuqori darajadagi dasturlash tillaridan bir nechtasini ishlab chiqilgan yili bilan aytib bering. V. Uyga vazifa II bob,12-mazuni o`rganish.29-31-betlar Download 27.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling