Yulduzsimon bog`lanish - markaziy kompyuter mavjud bo`lib, unga qolgan barcha kompyuterlar bog`langan bo`ladi.
Markaziy prosessor - Kompyuterning eng muhim qismini markaziy prosessor, (ya’ni prosessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko`rsatmalarning berilgan ketma-ketliqda bajarilishini boshqarish.
Operativ xotira - Operativ xotira o`zida kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga ko`chiriladi. Olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi. Kompyuter o`chirilishi bilan operativ xotiradagi ma’lumotlar o`chiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |