Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi


Download 231.32 Kb.
bet17/25
Sana18.06.2023
Hajmi231.32 Kb.
#1582563
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
Informatika fanini o‘qitishda innovatsion ishlanmalar yaratish texnologiyasi

Texnologiyaning maqsadi: talabalarning o‘quv va xayotiy faoliyatlarida uchraydigan turli holat va vaziyatlardan o‘z obro‘larini saqlagan holda chiqish, vaziyatni to‘g‘ribaholashva tezlik bilan kerkli yechimini toppish ko‘nikmalarini shakllantirish, shu boradagi malakalarini oshirishga ko‘maklashish, ularning fikrlash qobilyati va nutqiy faoliyatini o‘stirish hamda muloqat qilish madaniyatini shakllantirish.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: o‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishi oldidan talabalar uchun stullardan doira shaklida joy tayyorlaydi (doira shaklidagi joining o‘rtasiga savat (yoki tuvak)dagiguldatani qo‘yish maqsadga muvofiq. Joyni bunday jihozlanishi mashg‘ulotni ochiq havoda, ya’nitabiat qo‘ynida o‘tkazilsa, u holda talabalar yashil maysalar ustida doira shaklida bemalol joylashib olsalar ham bo‘ladi.
O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishi bilan talabalarni shu davradan joy egallashlarini so‘raydi.
So‘ngra talabalarning faoliyati rang-barang va hamisha har turli qiziq voqealar, hodisalar, vaziyatlarga boy ekanligi haqidagi qisqacha suhbat bilan mashg‘ulotni boshlaydi. Misol tariqasida o‘qituvchi, talabalar faoliyatida uchragan yoki uchraydigan vaziyatlardan biri to‘g‘risida gapirib beradi va shu vaziyatdan chiqish yo‘lini so‘raydi (yoki o‘qituvchi vaziyatniaytib, uning uchta yechimini ham aytadi va talabalardan uchta to‘g‘ri variantdan bittasini tanlashlarini va nima uchun shu variantni tanlaganliklari tushuntirib berishlarini so‘raydi. Shundan so‘ng o‘qituvchi va talabalar ni xohishlariga ko‘ra,uch kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi va ularga har bir kichik guruh a’zolari o‘z ish tajribalaridan kelib chiqqan holda, o‘quv va tarbiyaviy jarayonlarda o‘qituvchi va talabalar faoliyatida uchraydigan yoki uchragan biron bir muammoli vaziyatlarni eslashlari, ulardan eng qiziqarli, eng muammolisini tanlab, ularning yechimini (vaziyat, muammoni yechimi uch variantdan test yoki aniq bir javobdan iborat bo‘lishi mumkin) ham topib qo‘yish topshirig‘ini beradi. O‘qituvchi yordamida har bir kichik guruh navbati bilan o‘zlari tayyorlangan vaziyat yoki muammolarni boshqalarga og‘zaki bayon etadilar. Kichik guruhlar tomonidan aytilgan vaziyat yoki muammoni yechimini toppish uchun o‘qituvchi ularga aniq vaqt belgilab beradi. Berilgan vaqt ichida kichik guruh tanlagan vaziyat yoki muammo yana bir marotaba esga tushiriladi vaqolgan kichik guruhlar navbati bilan ushbu vaziyat va muammoga o‘z yechimlarini aytadilar. Barcha kichik guruhlar o‘zlari tanlagan javoblarn aytib bo‘lishgach vaziyat yoki muammoni o‘rtaga tashlagan kichik guruh fikrlariniumumlashtiradi. So‘ngra, ikkinchi guruh o‘rtaga tashlangan vaziyat yoki mummoni muhokamasiga o‘tiladi, shukabidavradagi guruhlar tomonidan o‘rtaga tashlagan vaziyat yoki mummolar muhokamasi o‘tkaziladi.
Mashg‘ulot oxirida o‘qituvchi talabalar vaguruhlar ishiga baho beradi va vaziyat yoki muammolarni yechimini topishda nimalarga ko‘proq etiborini qaratish kerkligito‘g‘risida tavsiyalar beradi, so‘ng mashg‘ulotni yakunlaydi.
BLITS-SO‘ROV” USULI

Download 231.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling