O‘quv reja fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalaridagi gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blokiga qo‘yiladigan umumiy talablar asosida belgilanadi.
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki:
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan uzviylik hamda uzluksizlikni inobatga olgan holda bilishning matematik usullari, informatika hamda axborot to‘plash, ularni qayta ishlash va uzatish usullarining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati haqida oliy darajadagi tasavvurlarni shakllantirishi;
Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bloki:
tabiiy fanlarning o‘zaro fundamental birligi; zamonaviy tabiiy hodisalarni tadqiq etish konsepsiyasi; tabiatdan oqilona foydalanish va inson faoliyatining ekologik tamoyillari; tabiatga putur yetkazmaydigan texnologiyalar yaratish istiqbollari haqidagi ilmiy tasavvurlarni shakllantirishi;
Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bloki:
muayyan bilim sohasi uchun zarur bo’lgan fundamental fanlarni chuqur o’rganishning ilmiy va nazariy asoslarini ta’minlashi;
o’quv-tarbiyaviy jarayonning kompleks xususiyatga ega ekanligini e’tiborga olgan holda, axborot texnologiyalarini joriy etishni integrativ yondashuv asosida tashkil etish malakasini tarkib toptirishi;
Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bloki:
o’qitishning ilmiyligi va ko’rgazmaliligini ta’minlash maqsadida axborot texnologiyalarining multimedia imkoniyatlaridan unumli foydalanishga o’rgatishi;
zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida o’quv jarayonlarini loyihalashtirishda o’qitishni individuallashtirish, intensivlashtirish va optimallashtirishga erishish malakalarini shakllantirishi;
Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar bloki:
o’qitishning samaradorligi va natijaviyligini ta’minlash maqsadida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini tizimli, mantiqiy ketma-ketlikda qo’llash qobiliyatini tarkib toptirishi;
internet vositasida talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, veb-kvestlarni yaratish hamda ularni o’quv jarayoniga tatbiq etish malakasini shakllantirishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |