Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari. Mashg‘ulot maqsadi


Download 130.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.04.2023
Hajmi130.07 Kb.
#1361825
  1   2   3


1-Mavzu: Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari. 
Uzluksiz tizimida Informatika va axborot texnologiyalari fanlarining mazmuni. 
Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari. 
Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarda Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni 
o‘qitish tendensiyalari haqida ko‘nikma va malaka hosil qilish.
O‘qitishning qiziqtiruvchi metodlari. 
Ma’lumki informatika o‘quv predmetining asosiy vazifasi o‘quvchilarni 
zamonaviy informatikaning ba’zi bir umumiy g‘oyalari bilan tanishtirish
informatikaning amaliyotdagi tatbig‘ini va kompyuterlarning zamonaviy xayotdagi 
rolini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni xisobga olgan xolda
o‘quvchilarga nafaqat faktlarning qat’iy ilmiy bayonini berish, balki o‘qitishning 
turli qiziqarli metodlarini xam qo‘llash lozim. Masalan ko‘pchilikka ma’lum va 
ommabop bo‘lgan krossvord o‘yini bolalarda qiziqish uyg‘otishi tabiiydir. 
Krossvord ko‘rinishidagi so‘rov shakli o‘quvchilar uchun har doim qiziqarli va 
o‘ziga tortadigan metoddir. Ushbu o‘yinga o‘quvchilar shu darajada kirishib 
ketadilarki, xatto o‘zlari xam informatikaning turli mavzulari bo‘yicha krossvordlar 
tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shakli foydali bo‘lishi bilan 
birga, faqatgina kuchli o‘quvchilarnigina emas, balki kuchsizlarni xam qamrab oladi 
Darslarda qiziqtirishdan foydalanishning yana bir shakli bu rebuslardir.
Boshqa o‘quv predmetlaridan kuchsiz o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ko‘pincha 
informatikadan yaxshi va tirishqoq o‘quvchilarga aylanadilar. Krossvordlar
rebuslar va boshqotirmalar sodda bo‘lishlari bilan birga, mashxur olimlar, allomalar 
ismlariga, maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning samarali vositasi xamdir.
O‘yinli vaziyat, krossvord va rebusni yechishdagi qiyinchiliklarni yengib o‘tish 
elementlari o‘quvchilarni shunday o‘ziga tortadiki, beixtiyor ularni informatika 
soxasidagi bilimlarini to‘ldirishga rag‘batlantiradi. 

Download 130.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling