Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari. Mashg‘ulot maqsadi


Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyasi


Download 130.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.04.2023
Hajmi130.07 Kb.
#1361825
1   2   3
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyasi: 
«BEER» texnologiyasi 
Bu texnologiya murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar, xarakteridagi 
mavzularni o‘rganishga qaratilgan. 
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari 
bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi. Ayni paytda ularning har biri alohida 
nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat 
va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. 
Bu enteraktiv texnologiyasi tanqidiy, taxliliy, aniq mantiqiy fikrlashni 
muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki 
shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkonyat beradi. 
«BEER» texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi 
kichik guruhlarning har bir qatnashuvchining guruhning faol ishlashiga qaratilgan. 
«BEER» texnologiyasi mavzuni o‘rganishning turli bosqichlarida qo‘llanilishi 
mumkin: 


-boshida: o‘z bilimlarini erkin faollashtirish: 
-mavzuni o‘rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish: 
-yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish. 
Asosiy tushunchalar quydagilar: 
Aspekt (nuqtai nazar) bilan predmet, xodisa, tushuncha tekshiriladi. 
Afzallik – biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz. 
Fazilat – ijobiy sifat. 
Nuqson – nomukammalchilik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik. 
Xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo‘yicha dalildan natijaga kelish. 
Ta’limdan tashqari «Yelpig‘ich» texnologiyasi tarbiyaviy xarakterdagi qator 
vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi: 
-jamoa, guruhlarda ishlash mahorati; 
-muammolar, vaziyatlarni turli nuqtai nazardan muhokama qilish mahorati; 
-murosali qarorlarni topa olish mahorati; 
-o‘zgalar fikriga hurmat
-xushmuomalik; 
-ishga ijobiy yondashish; 
-faollik; 
-muammoga diqqatini jamlab olish mahorati. 
O‘qitishning samaradorligini oshirishda o‘quv jarayonida «Blits o‘yin», 
«Chorraha», «Muomala texnologiyasi», turli ish o‘yinlari texnologiyasi kabilalardan 
ham foydalanish mumkin. Masalan, «Agar men … bo‘lsam», «Men shunday qilgan 
bo‘lardim» kabilar. 
Yuqorida misol tariqasida keltirilgan ushbu zamonaviy metodlar, treninglarda 
qo‘llaniladigan texnologiyalar o‘quvchi-talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, 
mustaqil fikrlashni shakllantirishra yordam beradi. 
Endi biz yuqorida aytilgan fikrlar va tavsiyalar asosida ba’zi bir pedagogik 
texnalogiyalar qo‘llanilgan dars metodikalarini namunalar berishga harakat qilamiz. 
Topshiriq. 
1. Informatika darslarini tashkil etishda interfaol usullarni qo‘llash 
2. Aqliy hujum texnologiyasini qo‘llab informatika fanidan dars ishlanmasini 
tayyorlang 

Download 130.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling