Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari. Mashg‘ulot maqsadi
Download 130.07 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘qitishning qiziqtiruvchi metodlari.
1-Mavzu: Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari. Uzluksiz tizimida Informatika va axborot texnologiyalari fanlarining mazmuni. Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari. Mashg‘ulot maqsadi: Talabalarda Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari haqida ko‘nikma va malaka hosil qilish. O‘qitishning qiziqtiruvchi metodlari. Ma’lumki informatika o‘quv predmetining asosiy vazifasi o‘quvchilarni zamonaviy informatikaning ba’zi bir umumiy g‘oyalari bilan tanishtirish, informatikaning amaliyotdagi tatbig‘ini va kompyuterlarning zamonaviy xayotdagi rolini ochib berishdan iborat. Lekin, didaktik tamoyillarni xisobga olgan xolda, o‘quvchilarga nafaqat faktlarning qat’iy ilmiy bayonini berish, balki o‘qitishning turli qiziqarli metodlarini xam qo‘llash lozim. Masalan ko‘pchilikka ma’lum va ommabop bo‘lgan krossvord o‘yini bolalarda qiziqish uyg‘otishi tabiiydir. Krossvord ko‘rinishidagi so‘rov shakli o‘quvchilar uchun har doim qiziqarli va o‘ziga tortadigan metoddir. Ushbu o‘yinga o‘quvchilar shu darajada kirishib ketadilarki, xatto o‘zlari xam informatikaning turli mavzulari bo‘yicha krossvordlar tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shakli foydali bo‘lishi bilan birga, faqatgina kuchli o‘quvchilarnigina emas, balki kuchsizlarni xam qamrab oladi Darslarda qiziqtirishdan foydalanishning yana bir shakli bu rebuslardir. Boshqa o‘quv predmetlaridan kuchsiz o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ko‘pincha informatikadan yaxshi va tirishqoq o‘quvchilarga aylanadilar. Krossvordlar, rebuslar va boshqotirmalar sodda bo‘lishlari bilan birga, mashxur olimlar, allomalar ismlariga, maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning samarali vositasi xamdir. O‘yinli vaziyat, krossvord va rebusni yechishdagi qiyinchiliklarni yengib o‘tish elementlari o‘quvchilarni shunday o‘ziga tortadiki, beixtiyor ularni informatika soxasidagi bilimlarini to‘ldirishga rag‘batlantiradi. Download 130.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling