Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari. Mashg‘ulot maqsadi
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyasi
Download 130.07 Kb. Pdf ko'rish
|
Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyasi:
«BEER» texnologiyasi Bu texnologiya murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar, xarakteridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi. Ayni paytda ularning har biri alohida nuqtalardan muhokama etiladi. Masalan ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu enteraktiv texnologiyasi tanqidiy, taxliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkonyat beradi. «BEER» texnologiyasi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning har bir qatnashuvchining guruhning faol ishlashiga qaratilgan. «BEER» texnologiyasi mavzuni o‘rganishning turli bosqichlarida qo‘llanilishi mumkin: -boshida: o‘z bilimlarini erkin faollashtirish: -mavzuni o‘rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahmlash va anglab yetish: -yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish. Asosiy tushunchalar quydagilar: Aspekt (nuqtai nazar) bilan predmet, xodisa, tushuncha tekshiriladi. Afzallik – biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz. Fazilat – ijobiy sifat. Nuqson – nomukammalchilik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik. Xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo‘yicha dalildan natijaga kelish. Ta’limdan tashqari «Yelpig‘ich» texnologiyasi tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi: -jamoa, guruhlarda ishlash mahorati; -muammolar, vaziyatlarni turli nuqtai nazardan muhokama qilish mahorati; -murosali qarorlarni topa olish mahorati; -o‘zgalar fikriga hurmat; -xushmuomalik; -ishga ijobiy yondashish; -faollik; -muammoga diqqatini jamlab olish mahorati. O‘qitishning samaradorligini oshirishda o‘quv jarayonida «Blits o‘yin», «Chorraha», «Muomala texnologiyasi», turli ish o‘yinlari texnologiyasi kabilalardan ham foydalanish mumkin. Masalan, «Agar men … bo‘lsam», «Men shunday qilgan bo‘lardim» kabilar. Yuqorida misol tariqasida keltirilgan ushbu zamonaviy metodlar, treninglarda qo‘llaniladigan texnologiyalar o‘quvchi-talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishra yordam beradi. Endi biz yuqorida aytilgan fikrlar va tavsiyalar asosida ba’zi bir pedagogik texnalogiyalar qo‘llanilgan dars metodikalarini namunalar berishga harakat qilamiz. Topshiriq. 1. Informatika darslarini tashkil etishda interfaol usullarni qo‘llash 2. Aqliy hujum texnologiyasini qo‘llab informatika fanidan dars ishlanmasini tayyorlang Download 130.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling