Informatika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi 213- guruh talabasi Xolmatov Baxtiyor G’ulomjonovichning Informatika fanidan


Download 442.18 Kb.
bet6/8
Sana10.02.2023
Hajmi442.18 Kb.
#1186196
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi

Yordamchi ma`lumot tugmasi: Lentaning o`ng yuqori burchagida joylashgan so`roq belgisi ko`rinishidagi tugma bo`lib, uni tanlanganda Excel yordamchi ma`lumotlar oynasi hosil bo`ladi hamda unda kerakli mavzuni t anlab kerakli ma`lumotlarni o`qish mumkin.

Standart menyular: Ko`plab pastga qaratilgan ko`rsatkichli tugmalarni tanlanganda xuddi shunday menyular bilan ishlash kerak bo`ladi va ba`zi buyruqlarga mos tugmalar ham mavjud. Agar buyruqning oxirida uch tugma (…) ko`rinishidagi qo`shimcha bo`lsa, bu buyruqni t anlash muloqot oynasining ochilishiga olib keladi va u yerda kerakli qiymatlarni kiritish yoki tanlash kerak bo`ladi.

Hisoblagich: Ikkita – yuqoriga va pastga qaratilgan ko`rsatkichli boshqaruv elementi bo`lib, uning qiymati sifatida sonlar qaraladi hamda tugmalarni tanlanganda qiymat mos tarzda o`sadi yoki kamayadi. Xuddi shunday bu qiymatlarni klaviatura orqali “qo`lda” kiritish ham mumkin va bu kiritilayotgan qiymatlarning to`g`riligini Excel avtomatik tarzda tekshirib boradi.

Kontekst lenta bandlari: Bunday lenta bandlari biror yangi ob`yekt qo`yilgandan yoki tanlangandan so`ng hosil bo`ladi hamda ularning guruhlari nomlari Excel sarlavha satrida hosil bo`ladi. Bu kontekst lenta bandida shu tanlangan ob`yekt bilan bog`liq bo`lgan barcha xususiyat va parametrlar joylashgan bo`lib, u boshqa ob`yekt tanlanishi bilan yo`qoladi. Kontekst lenta bandini hosil qilish uchun shu ob`yekt ustida qo`sh chertish ham yetarli. Lekin barcha ob`yektlarda ham kontekst lenta bandi mavjud bo`lmasligini esda saqlang.


Maslahat
Standart bandlar: Lentadagi barcha bandlar shu qismga kirib, ular bir turdagi buyruqlarni o`z ichiga oladi. Masalan Вставка bandida elektron kitobga o`rnatish mumkin bo`lgan ob`yektlar tugmalari joylashgan. Главная bandigina turli xil to`plamdagi ko`p ishlatiladigan tugmalar bilan jihozlangan va shuning uchun ham shunday nomlangan.
Agar sizning sichqoncha qurilmangizda g`ildirakcha mavjud bo`lsa, lenta bandlari bo`ylab harakatlanishda undan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun sichqoncha ko`rsatkichini lenta ustiga olib o`tib, g`ildirakchani aylantirish kifoya.
Massiv, massiv elementlari, massivlarni ifodalash, bir ulchovli massiv, kup ulchovli massiv.
Umumiy nomga ega bulgan bir xil Ko’rinishda tartiblangan elementlar ketma-ketligi massiv deb ataladi. Massiv uzgaruvchilari ularning komponentlari deb ataladi. Komponenta tipi - baza tipi xisoblanadi. Xar bir tip uzining indeksi va nomiga ega, ular kavs ichida keltiriladi.


Massiv elementlari ixtiyeriy tipda, xattoki ma’lumotlar xam bulishi mumkin.Massiv elementlarining tiplari bazali deyiladi.Massiv elementlarining soni programma ishlash jarayenida unga uzlashtirib boriladi. Uning xar bir aloxida elementiga murojaat massiv elementlarigva mos kelgan indeks buyicha buladi.Massiv indeksi xuddi vektorlar indeksi tushunchasi kabi buladi. Massivlarni e’lon kilish uchun Array of (massivdan) suz birligi ishlatiladi.

  • Formula – bu bir katakning qiymatini hisoblaydigan ifodadir. Funksiyalar esa, oldindan belgilangan formulalar va ular Excelda allaqachon mavjud. Massiv - bu bir nom bilan bеlgilangan qiymatlar to`plami yoki jadvaldir.

  • Massivning har bir elеmеnti massiv nomidan so`ng o`rta qavs ichiga olingan raqam va arifmеtik ifoda yozish bilan bеlgilanadi. Qavs ichidagi raqam massiv indеksini bеlgilaydi.

  • Vеktorni bir o`lchovli massiv, matritsani ikki o`lchovli massiv dеb qarash mumkin.

  • Bir o`lchovli massivda uning har bir elеmеnti o`zining joylashgan o`rin nomеri bilan aniqlanadi va nomеri qavs ichida indеks bilan yoziladi.

  • Ikki o`lchovli massiv elеmеnti o`zi joylashgan satr va ustun nomеrlari yordamida aniqlanadi.

  • Shu sabab ikki o`lchamli massiv elеmеnti ikkita indеks orqali yoziladi. Masalan: A[i,j] bu еrda i-satr nomеri j-ustun nomеrini bildiradi.



                  • M isol uchun, quyidagi A3 katak A2 va A1 kataklarning qiymatlarini qo’shadigan formulani o’z ichiga olgan. Chiziqli tenglamalarni yechish vaqtida biz matritsalar bilan va ular ustidagi arifmetik amallar harakatlarini bajaramiz. Matritsaning o’zi nima? Uning ustida qanday arifmetik amallar va harakatlar bajariladi?

  • mxn matritsa deb to’gri burchakli m ustun va n satrdan tashkil topadigan jadval aytiladi.

  • Matritsalar katta lotin harflari yordamida ifodalanadilar. Matritsani tashkil etadigan sonlar matritsani elementlari deb ataladi va ikkita indeksli kichik harflardan tashkil topadi: aij, bu yerda i – satr nomeri, j – ustun nomeri. Masalan mxn o’lchamli A nomli matritsa quyidagi ko’rinishga keltiriladi:

  • Bu yerda i=1,…,m; j=1,…,n.

  • Ikkita bir xil o’lchamli A va B matritsa teng deb ataladi agar ular elementlar bo’yicha bir xil bo’lsalar ya’ni aij bij ixtiyoriy i=1,…,m; j=1,…,n.

  • Bitta satrdan tashkil topadigan matritsa (vektor) – satr deb ataladi:

  • A=(a11 a12,.., a1n),

  • bitta ustunligi – matritsa (vektor) – ustun:



1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling