Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish fanidan yakuniy nazorat savollari


Download 70.37 Kb.
bet13/13
Sana26.03.2023
Hajmi70.37 Kb.
#1298406
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Yakuniy nazorat savollari 4 -kurs Informatika 12345

Axborot-resurs mutaxassisi. Axborot manbalari bilan ishlash zehn, tahliliy aql va ko'p ish qobiliyatini talab qiladi. Ular reklama va elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida axborotni tarqatish, veb-resurslardan foydalanuvchilar bilan aloqa samaradorligini oshirish, korxona biznes jarayonlarini axborot bilan ta'minlash kabi ishlarni amalga oshiradilar

Multimedia texnologiyalari nima va uning muhim xususiyatlari nimada?


Javob:
Elektron qo‘llanmalar yaratish uchun foydalaniladigan dasturiy vositalarni tanlashda
foydalanuvchilar bir yechimga kela olishmaydi. Ko‘pchilikni elektron qo‘llanmalar yaratish
uchun standart dasturiy vosita mavjudligi qiziqtiradi. Elektron qo‘llanmalar yaratish uchun
mo‘ljallangan dasturlar turli-tuman bo‘lib, ular bir-biridan interfeysi va elektron
qo‘llanmalarni yaratish vositalari bilan farq qiladi. Elektron darsliklar yaratishda ommaviy
hisoblanadigan vosita va texnologiyalarga to‘xtalamiz.
Multimediy vositalari (multimediya – ko‘pvositalilik) - bu insonga o‘zi uchun tabiiy
muhit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter
bilan muloqatda bo‘lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Multimediya - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning
ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi:
- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar),
original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar)
turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni ro‘yxatdan
o‘tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompakt
disklar, televizor, videomagnitofon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan
holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
- muayyan vaqtdagi ish, o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqli
ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi. Video va
audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tezharakatchanligi, ma'lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video xotira, katta sig‘imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kiritish-
chiqarish kanallari bo‘yicha almashinuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab
etiladi;

Qanday multimediali o‘rgatuvchi dasturlarda ishlagansiz, uning imkoniyatlarini aytib bering!


Javob:
Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta'sir o‘tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar.
Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar)
Ma'ro’za, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda ko‘rgazmali namoyish etish
vositasi sifatida plakatlar, qo‘llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Bu maqsadda diaproyektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proyektorning paydo bo‘lishi ma'ro’zachi nutqini ovoz, video va animatsiya jo‘rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o‘zida mujassam qilgan ko‘rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi.
Taqdimot nima uchun samarali
So‘nggi o‘n yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri bo‘ldi.
Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining
aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Faoliyatning eng tez
o‘zgaruvchan dinamik turi bo‘lgan biznes ham ushbu jarayondan chetda qolmadi. Bu
holatda kompyuter bilan muloqotni osonlashtirish, uning e'tiborini tortish,
qiziqtirish uchun ma'lumotingizni boshqalarga qanday qilib eng qulay va samarali
tarzda yetkazish mumkinligi to‘g‘risida savol tug‘iladi. Ma'lumki, inson ma'lumotning ko‘p qismini ko‘rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televideniyeda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e'tiborini ko‘proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.
Videodan farqli ravishda multimediali texnologiyalar axborotlarni boshqarishga imkon beradi, ya'ni interfaol bo‘lishi mumkin. Multimediali taqdimot ma'lumotni to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilishni ta'minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma'lumotlarni ko‘radi va o‘zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma'lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi.
Ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o‘n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho‘ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o‘lchamli grafikalarni o‘z ichiga olgan bo‘lishiga qaramay, ko‘paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining o’zoqligini ta'minlaydi.

        1. Multimedia texnologiyalari asosida yaratilgan ilovalarning qanday turlarini bilasiz, ularning bir-biridan farqini yoriting!
          Jvob:
          Multimediali ilovalar bilan ishlovchi dasturlar ko‘pmodallidir, ya’ni ular bir necha sezgi organlariga bir vaqtda ta’sir qilgani uchun auditoriyaning qiziqishi va e’tiborini tortadi
          Multimedia ilova mazmuni muallif tomonidan ssenariy tayyorlash paytida atroflicha o‘ylanadi va texnologik ssenariyni ishlab chiqishda aniqlashtiriladi.
          Ta’limiy ma’lumot taqdim etishning an’anaviy shakli –matn va statik grafika ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lsa, multimediadan foydalanish tajribasi yillar bilan o‘lchanadi.
          Multimedia ilovalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
          • prezentatsiyalar;
          • animatsion roliklar;
          • o‘yinlar;
          • videoilovalar;
          multimediali galeriyalar;
          • audioilovalar;
          • web uchun ilovalar va h.k.lar.

        2. Multimediali ilovalarni yaratadigan qanday kompyuter dasturlarini bilasiz, ularning imkoniyatlarini tushuntirib bering!

        3. Multimedia texnologiyalari asosida yaratilgan ilovalar qanday loyihalanadi?

        4. Multimedia texnologiyalari asosida yaratilgan o‘qitish vositalari (elektron ta’lim resurslari) an’anaviy ta’lim vositalaridan qanday farq qiladi?

        5. Multimedia texnologiyalari asosida yaratilgan o‘qitish vositalarinig ijobiy va salbiy tomonlarini ko‘rsatib bering!

        6. Adobe Flash dasturidan foydalanib multimediali taqdimotlarni yaratish algoritmini yoritib bering!

        7. Informatika darslarida nazorat qilish nima uchun kerak?

        8. An’anaviy va noan’anaviy nazorat turlari nima bilan farq qiladi?

        9. Og‘izaki so‘rovda nimalarga e’tibor qaratish kerak? Yozma ishdachi?

        10. Testning qanday turlarini bilasiz, faoliyatingizda qaysilaridan foydalangansiz?

        11. Qaysi kompyuter dasturlaridan foydalanib testlarni tuza olasiz, algoritmini yoritib bering!

        12. Baholashda qanday zamonaviy metodlardan foydalanish mumkin?

        13. Informatika darsligiga asosan biror mavzuda krossvord tuzib bering!

        14. Informatika darsligiga asosan biror mavzuda viktorina savollarini tuzib bering!

        15. Innovatsion pedagogik faoliyat bilan innovatsion texnologiyaning farqi nimada?

        16. Loyihalashtirish bilan rejalashtirishning qanday farqi bor deb o‘ylaysiz, fikringizni izohlang!

        17. Pedagogik muhitning boshqa muhitdan qanday farqi bor? Izohlang!

        18. Pedagog o‘z innovatsion faoliyatini loyihalashtirishi uchun unda qanday xususiyatlar mavjud bo‘lishi kerak?

        19. Innovatsion pedagogik jarayonni loyihalashtirish vositasi bilan shakllaribir-biridan qanday farq qiladi? Izohlang!

        20. Darsning innovatsion loyihasi model bo‘la oladimi? Nima uchun?

        21. Konsepsiyadan rejaning qanday farqi bor? Izohlang!

        22. Moddiy vositalarning ma’naviy vositalardan farqini izohlab bering!

        23. Siz informatika ta’limida innovatsion faoliyatni qanday tashkil etish mumkin deb o‘ylaysiz?

        24. Informatika ta’limida an’anaviy va noan’anaviy ta’limning farqi nimada deb o‘ylaysiz? Qaysisidan ko‘proq foydalanish o‘rinli?

        25. Informatika ta’limida tadqiqot usulidan qanday foydalanish mumkin? Fikringizgni asoslab bering!

        26. Informatika ta’limida loyihaviy usuldan qanday foydalanish mumkin deb o‘ylaysiz? Fikringizgni asoslab bering!

        27. 5 Informatika ta’limida. o‘quvchilarni qanday qilib ijodkorlikka yo‘naltirish mumkin? Fikringizgni asoslab bering!

        28. 6.Siz o‘quvchilaringizni qanday qilib amaliy faoliyatga yo‘naltira olasiz? Fikringizgni asoslab bering!

        29. Loyiha va loyihaviy ta’lim deganda nimani tushunasiz?

        30. Internetdan foydalanib E.C.Polatning loyihaviy ta’lim texnologiyasi haqidagi fikrlarini tahlil qiling!

        31. Internetdan foydalanib U.R. Selevkoning loyihaviy ta’lim texnologiyasi haqidagi fikrlarini tahlil qiling!

        32. loyihaviy ta’lim texnologiyasidan interfaol ta’lim texnologiyasi qanday farq qiladi?

        33. Informatika fani darslarida loyihaviy ta’lim texnologiyasidan foydalanish natijasida nimalar yaratiladi?

        34. “Matn muharrirlari” mavzusida loyihaviy topshiriqlarni ishlab chiqing!

        35. loyihaviy ta’lim texnologiyasidan interfaol ta’lim texnologiyasi qanday farq qiladi?

        36. Informatika fani darslarida loyihaviy ta’lim texnologiyasidan foydalanish natijasida nimalar yaratiladi?

        37. “Matn muharrirlari” mavzusida loyihaviy topshiriqlarni ishlab chiqing!

        38. “Ma’lumotlar ba’zasi” mavzusida loyihaviy topshiriqlarni ishlab chiqing!

        39. “Sayt yaratish” mavzusida loyihaviy topshiriqlarni ishlab chiqing!

        40. O’qitish texnologiyasining pedagogik va axborot texnologiyasidan farqli jihatlarin keltiring va izohlang!

        41. Informatika fanini o‘qitishda o‘qitish texnologiyasining maqsadi qanday qo‘yiladi?

        42. Informatika fanini o‘qitishda o‘qitish texnologiyasida kafolatlangan jarayon takrorlanishi deganda nimani tushanasiz? Misol keltiring va izohlang!

        43. An’anaviy o‘qitish va o‘qitish texnologiyasiga asoslangan o‘qitish jarayonini informatika fanini o‘qitish misolida tahlil qilib bering!

        44. Informatika fanini o‘qitishda an’anaviy o‘qitish vositalari o‘qitish texnologiyasiga asoslangan o‘qitish vositalaridan qanday farq qiladi?

        45. Informatika fanini o‘qitish texnologiyasining tarkibiy qismlarini tahlil qilib bering!

        46. Informatikani o’qitishni loyihalash nima uchun kerak deb o’ylaysiz?

        47. Siz o’rgangan baholash metodlaridan qaysi biri sizga ma’qul keldi, nima uchun?

        48. An’anaviy baholash usuli noan’anaviy baholash usulidan nimasi bilan farq qilishi kerak deb o’ylaysiz?

        49. 8-sinf informatikasidan ixtiyoriy mavzuni baholash mezonlarini ko’rsatib bering!

        50. 8-sinf informatikasidan ixtiyoriy mavzuni baholash mezonlarini ko’rsatib bering!

        51. Nazariy bilimlarni baholash mezonlari bilan amaliy ko’nikmalarni baholash mezonlarining farqini ko’rsating!

        52. Umumiy o’rta maktab informatika darsligidan ixtiyoriy mavzuni matritsali nazorat metodi yordamida baholashni yoritib bering!

        53. Umumiy o’rta maktab informatika darsligidan ixtiyoriy mavzuni “Intellektualniy ring (Intellektual halqa)” o’yini metodi yordamida baholashni yoritib bering!

        54. Testning boshqa nazorat turlaridan farqi nimada?

        55. Testning ishonchlilik, validlik va xolislik mezonlarining o‘zaro farqini tushuntirib bering!

        56. Testning didaktik talablarini bajarilishini informatika fanidan test tuzib tushuntiring!

        57. Siz test tuzish amaliyotingizda nimalarga e’tibor qaratasiz?

        58. Informatika fanidan to‘ldiriluvchi, ko‘p tanlovli test tuzing va izohlab bering!

        59. Informatika fanidan moslashtiruvchi, mantiqiy, esse testlarini tuzing va tushuntirib bering!

        60. Informatika darslarida nazorat qilish nima uchun kerak?

        61. An’anaviy va noan’anaviy nazorat turlari nima bilan farq qiladi?

        62. Og‘izaki so‘rovda nimalarga e’tibor qaratish kerak? Yozma ishdachi?

        63. Testning qanday turlarini bilasiz, faoliyatingizda qaysilaridan foydalangansiz?

        64. Qaysi kompyuter dasturlaridan foydalanib testlarni tuza olasiz, algoritmini yoritib bering!

        65. Baholashda qanday zamonaviy metodlardan foydalanish mumkin?

        66. Umumiy o’rta maktab informatika darsligiga asosan biror mavzuda krossvord tuzib bering!

        67. Umumiy o’rta maktab informatika darsligiga asosan biror bo’lim bo’yicha viktorina savollarini tuzib bering!

        68. Umumiy o’rta maktab informatikadarslarida o‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilish vositalariga nimalar kiradi?

        69. Kichik keyslar qanday tuziladi?

        70. Kompyuterli testning boshqa nazorat turlaridan farqi nimada?

        71. Testning ishonchlilik, validlik va xolislik mezonlarining o‘zaro farqini yoriting!

        72. Testning didaktik talablarini bajarilishini informatika fanidan test tuzib tushuntiring!

        73. Siz test tuzish amaliyotingizda nimalarga e’tibor qaratasiz?

        74. Informatika fanidan to‘ldiriluvchi, ko‘p tanlovli test tuzing va izohlab bering!

        75. Informatika fanidan moslashtiruvchi, mantiqiy, esse testlarini tuzing va tushuntirib bering!

        76. My Test (Macromedia Flash, Easy Quize) dasturida informatika faniga oid testlarni loyihalashtiring va tushuntirib bering!

        77. Informatika fanidan Blum taksonomiyasining “bilish”, “tushunish”ga oid testlarni tuzing va tushuntiring!

        78. Informatika fanidan Blum taksonomiyasining “baholash” va “sintez” ga oid testlarni tuzing va tushuntiring!

        79. Informatika fanidan Blum taksonomiyasining “qo'llash” va “tahlil”ga oid testlarni tuzing va tushuntiring!

        80. Web texnologiyalarga asoslangan kompyuterli test deganda nimani tushunasiz?

        81. Qaysi dasturiy vositalarda web texnologiyalarga asoslangan test tuzish mumkin?

        82. Moodle (Hemis) tizimida web texnologiyalarga asoslangan testlarni tuzish va natija olish algoritmini keltiring!

        83. Moodle (Hemis) tizimida web texnologiyalarga asoslangan testlarni kiritib, natija oling!

        84. Keys-stadi o’qitish texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?

        85. Informatika fanlaridan qanday Keys-stadi o’qitish texnologiyasidan foydalaniladi?

        86. Umumiy o’rta maktab informatika darsligiga asosan biror bo’lim, mavzu bo’yichaKeys-stadi o’qitish texnologiyasini loyihalashtiring

        87. Modulli o’qitishdeganda nimani tushunasiz?

        88. Modulli o’qitishga misollar keltiring!

        89. Moodle tizimi modulli o’qitishga misol bo’ladimi?

        90. Umumiy o’rta maktab informatika darsligiga asosan biror bo’lim, mavzu bo’yichamodulli o’qitishni rejashtiriring va loyihalashtiring!

        91. Informatikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlar boshqa fanlarning darsdan tashqari mashg‘ulotlaridan qanday farq qiladi?

        92. Informatika va matematika fanlaridan hamkorlikdagi darsdan tashqari mashg‘ulotlar qanday tashkil etiladi. Loyihasini tuzing!

        93. Informatika va fizika (ona tili, kimyo va boshqa.) fanlaridan hamkorlikdagi darsdan tashqari mashg‘ulotlar loyihasini tuzing!

        94. Ushbu qo‘llanmada keltirilmagan yana qanday darsdan tashqari mashg‘ulotlari mavjud yoritib bering!

        95. Informatikadan 9-sinf va 10-sinf darsdan tashqari mashg‘ulotlari loyihalashtirish qanday farq qiladi? Loyihalashtiring va tushuntirib bering!

        96. Informatikadan viktorinani rejasi berilgan uni loyihalashtirish bosqichlariga asosan loyihalashtiring!

        97. Informatikadan iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashni loyihalashtiring!

        98. Informatikadan “Zakovat” klubini tashkil etishni loyihalashtiring!

        99. Kasbiy sohalar deganda nimani tushunasiz? Jamiyatimizdagi kasbiy sohalar haqida gapirib bering!

        100. Siz o‘z kasbiy sohangizni tushuntirib bering, uni boshqa kasbiy sohalardan qanday farqi bor?

        101. Informatika o‘qituvchisining kasbiy faoliyat sohasiga nimalar kiradi? Birma-bir tushuntirib bering!

        102. Kasbiy sohalar klassifikatori deganda nimani tushunasiz va o‘z kasbiy klassifikatoringizni tushuntirib bering

        103. Informatika o‘qituvchisi qanday omillarga asoslanib o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirib o‘qitadi?

        104. Innovatsion texnologiyalar deganda nimani tushunasiz?

        105. Innovatsion pedagogic texnologiyalar deganda nimani tushunasiz?

        106. Innovatsion axborot texnologiya nima?

        107. Kasbgayo’naltiribo’qitishqanday innovatsion texnologiyalardan foydalanish mumkin?

        108. Kasbgayo’naltiribo’qitishqanday pedagogic texnologiyalardan foydalanish mumkin?

        109. Kasbgayo’naltiribo’qitishqanday axborot texnologiyalardan foydalanish mumkin?

        110. Umumiy o’rta maktab informatika darsidakasbgayo’naltiribo’qitishni shaxsiy metodika asosida ko’rsatib bering!

        111. Umumiy o’rta maktab informatika darsidaaxborot texnologiyalardan foydalanib kasbga yo’naltirib o’qitishni shaxsiy metodika asosida ko’rsatib bering!

        112. Interfaol metod nima? Misollar keltiring!

        113. Informatika fanlari mavzularida interfaol metodlardan foydalanishni yoritib bering!

        114. Kasbga yo’naltirib o’qitish jarayonida qo’llaniladigan interfaol metodlarni tushuntirib, yoriting!

        115. Umumiy o’rta maktab informatika darsidakasbga yo’naltirib o’qitish nima uchun zarur, asoslab bering!

        116. Umumiy o’rta maktab informatika darsida kasbga yo’naltirishni SWOT, baliq skeleti, nima uchun, sinkveyn, self development va boshqa interfaol metodlar yordamida asoslab, yoritib bering!

Download 70.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling