Informatika Sana


Download 98 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi98 Kb.
#232768

Informatika

Sana:



















Sinf:

10-A

10-B

10-V

10-G





Mavzu: 2-DARS. KATAKKA MUROJAAT: NISBIY, ABSOLYUT VA

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga nisbiy, absalyut va aralash murojaatlar bilan ishlashni o’rgatish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni kamolotga intilish; hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganishni shakllantirish.

Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish

Kompetensiya

TK: Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

FOK: Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi

Dars usuli

suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Rasmli boshqotirma” , “To‘g‘risini top”,”Yosh aktyor”o‘yinlari.

Dars turi

Bilim va ko’nikmalarni nazorat qiluvchi va mustahkamlovchi.

Asosiy tushunchalar:


Microsoft Excel 2010 elektron jadvallari yordamida arifmetik amallardan tashqari kataklarga turlicha murojaat qilish orqali amaliy masalalarni mazmunan sifatli yechish mumkin.


Mavzuni yoritish.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  • O’quvchilar bilan salomlashish

  • Xonani va o’quvchilarni darsga tayyorliklarini kuzatish

  • Yo’qlamani aniqlash

  • Navbatchi axboroti.

  • Siyosiy daqiqa.

Nazariy qism:

1-mashq. Sinflarda fanlardan o‘zlashtirish;

Bajarish:

  • birinchi satr kataklari tugmasi yordamida kataklar bittaga keltirilib “Sinflarda fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari” matni yoziladi;

 A2:A3 kataklar birlashtirilib “Sinflar” yozuvi katak o‘rtasiga joylashtiriladi;

 B2:B3 kataklar birlashtirilib “O‘quvchilar soni” yozuvi katak o‘rtasiga joylashtiriladi;

 C2:G2 kataklar birlashtirilib “Fanlar” yozuvi katak o‘rtasiga joylashtiriladi;

 H2:L2 kataklar birlashtirilib “O‘zlashtirish ko‘rsatkichi” yozuvi katak o‘rtasiga joylashtiriladi;

 C3:G3 hamda H3:L3 kataklarga fanlar nomlarii joylashtiriladi;

 B4:B6 kataklarda guruhdagi o‘quvchilar soni kiritiladi;

 C4:C6 dan G4:G6 gacha fanlardan o‘zlashtirgan o‘quvchilar soni kiritiladi;

 B4:B6 sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda ajratib olinib, Excel 2010 tasmasidan Σ tugmasi bosiladi, natijada B7 da o‘quvchilar umumiy soni hosil bo‘ladi;

 C7:G7 kataklarida fanlardan o‘zlashtirgan o‘quvchilarning barcha sinflar bo‘yicha umumiy sonini aniqlashni osonlashtirish uchun B7 katagini o‘ng past burchagiga sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda siljitib kerakli qiymatlarni hosil qilamiz.

Qaralayotgan katakka ushbu murojaat usuli nisbiy murojaat deb ataladi;



10-a sinfida ona tilidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun H4 katagida = ni kiritib, fandan o‘zlashtirgan o‘quvchilar soni C4 ni sinfdagi o‘quvchilar umumiy soni B4 ga bo‘lib, natijani 100 ga ko‘paytirib yaxlitlab olamiz. O‘zlashtirish ko‘rsatkichini hamma vaqt guruhdagi o‘quvchilar soniga bo‘linganligi sabali B4 ni qo‘zg‘almas qilish uchun, ushbu manzilga $B$4 ko‘rinisida,absolut murojaat ya’ni qilinadi; qolgan sinflar va boshqa fanlar bo‘yicha o‘zlastirish ko‘rsatkichlarini oson aniqlash uchun sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda B ustun va 7 satr bo‘yicha siljitamiz.

Shunday qilib nisbiy va absolut murojaat usullarini qo‘llab, qaralayotgan masalani yechish juda oson bajarildi. Natijada quyidagi elektron jadval hosil bo‘ldi:



  1. Amaliy ish:

Mavzu yuzasida savol va topshiriqlar:

1. Katakka absolut va nisbiy murojaatlarning farqini tushuntiring.

2. Excel 2010 elektron jadvallarini xotirada saqlash uchun qanday

yangi texnologiya qo‘llaniladi?

  1. Darsga yakun yasash:

O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.

  1. Uyga vazifa berish:

1. Absolut va nisbiy murojaatlarga doir masala tuzing va uni yeching.

2. Sinf o‘quvchilarini davomatini aniqlovchi jadval yarating.
Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling