Информатика


Faylga ixtiyoriy murojaat


Download 7.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/300
Sana25.08.2023
Hajmi7.16 Mb.
#1670002
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   300
Bog'liq
informatika Mominov

Faylga ixtiyoriy murojaat. Quyi darajali fayllarni ixtiyoriy tartibda o`qish 
mumkin. Buning uchun lseek() funksiyasidan foydalanish lozim. Bu funksiya 
prototipi quyidagi ko`rinishga ega: 
Long lseek (int fd, long offset, int origin); 
Bu funksiya fd deskriptori bilan bog`liq fayldagi joriy pozitsiyani uchinchi 
parametr (origen) orqali nuqtaga nisbatan ikkinchi parametr (offset) qadamga 
ko`taradi. Boshlangich nuqta MS DOS da io.h yoki UNIX da unistd.h sarlavhali 
fayllarda aniqlangan o`zgarmaslar orqali aniqlanadi:
SEEK_SET (0 qiymatga ega) fayl boshi 
SEEK_CUR (1 qiymatga ega) joriy pozitsiya 
SEEK_END (2 qiymatga ega) fayl oxiri 
Ko`chish davomida xato kelib chiqsa, xato kodi errno global 
o`zgaruvchisiga yoziladi. Faylda joriy pozitsiyani aniqlash uchun tell() 
funksiyasidan foydalaniladi: 
Bu funksiya prototipi :
long tell (int fd)
Joriy pozitsiyani fayl boshiga keltirish: 
Lseek (fd, oh, seek_set) 
Joriy pozitsiyani fayl oxiriga keltirish: 
Lseek (fd, oh, seek_end) 

 Mustahkamlash uchun savollar.


289 
1. Fprint operatorining vazifasini ayting. 
2. Fread operatorining umumiy yozilishi qanday ? 
3. Fseek() nimani amalga oshiradi ? 
4. Faylning oxiriga ma`lumot qo`shish uchun qaysi operatordan 
foydalanamiz? 
5. O_creat vazifasini ayting. 
6. S_IREAD qachon ishlatiladi ? 
7. Read va write operatorlaridan qachon foydalanib bo`ladi ? 
8. Close qachon muvaffaqiyatli bajarilgan bo`ladi ? 
9. Seek_cur operatorining vazifasini ayting.  
10. Lseek operatori nima uchun kerak ? 


290 
VI BOB. BORLAND C++ BUILDER MUHITIDA DASTURLASH 

Download 7.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling