323
VII BOB. WINDOWS DASTURLARI
7.1.Total Commander dasturi
Muhim so`zlar: Total Commander, interfeys, oyna, fayl, papka, menyu,
disk, arxiv, qidirish, saralash, buyruqlar qatori.
Bilib olasiz: Total commander dasturi, oyna tuzilishi, fayl va papkalar
bilan ishlash, arxivlar bilan ishlash, buyruqlar qatori bilan ishlash, FTP – aloqa.
Windows OTda fayl va papkalar bilan ishlashni
yengillashtirish uchun
Norton Commander dasturining keyingi variantlari bo`lgan Total Commander
dasturi yaratildi. Bu dastur Windowsning qobiq dasturi hisoblanadi.
Dastur
oynasining ko`rinishi quyidagicha(7.1-rasm).
7.1-rasm. Total Commanderning oynasi.
Oyna 6 qismdan iborat bo`lib, foydalanuvchining xohishiga binoan
tayyorlab olinadi.
1. Sarlavha. Total Commanderning variant va
foydalanuvchisining nomi
ko`rsatiladi;
2. Menyu satri. Satrda [файл] [выделение] [команды] [сеть] [вид]
[конфигурация] [запуск] bo`limlari bor;
324
3. Asboblar paneli. Foydalanuvchining ishini osonlashtirish uchun
qo`yilgan;
4. Total Commanderning oynalari. Chap va o`ng oynalar bor;
5. Buyruqlar qatori. MS DOS yoki Windowsning
buyruqlarini berish
mumkin;
6. Funksional
tugmachalar.
Total
Commanderda
ishlashni
yengillashtirish uchun foydalanuvchiga yordam tariqasida o`rnatilgan.
Total Commanderda ishlash juda qulay bo`lib,
faqat kerakli ishni amalga
oshirish uchun shu amalni bajartiruvchi tugmalar majmuini bilish talab etiladi. Shu
maqsadda tugmachalar majmuasining jadvalini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: