Информатика
Mustahkamlash uchun savollar
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.4. Dastur tuzilishi Muhim so`zlar
- Sodda dastur tuzilishi.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. C++ tiliga amallar necha gurunga bo`linadi? 2. Arifmetik amallarni sanab bering. 3. Arifmetik amallarning ba`zi xususiyatlarni ayting. 4. Amallar bilan ishlaganda qavslarning o`rni qanday ? 5. Unar amalga misol keltiring. 6. ++33 qanday amalni bajaradi ? 7. 33++ qanday amalni bajaradi ? 8. Short va char tiplarini qaysi tipga keltirib bo`ladi ? 9. 5 <<5 amalining qiymatini toping. 10. Shartli amaldan qachon foydalanish mumkin ? 221 5.4. Dastur tuzilishi Muhim so`zlar: main, tipli,tipsiz, return,include, define, proprosessor,dastur matni (listing), kompilyatsiya, og`lash, mantiqiy solishtirish, amallar, if. Bilib olasiz: main funksiyasi, main funksiyasini ishlatish, kutubxonalarni chaqirish, oddiy dasturlarni yozish, define funksiyasi, kompilyatsiya va bog`lash, mantiqiy amallar yozilishi, if operatorini qo`llash. Sodda dastur tuzilishi. Dastur komandalar va bir necha funksiyalardan iborat bo`lishi mumkin. Bu funksiyalar orasida main nomli asosiy funksiya bo`lishi shart. Agar asosiy funksiyadan boshqa funksiyalar ishlatilmasa dastur quyidagi ko`rinishda tuziladi: Preprotsessor_komandalari void main() { Dastur tanasi. } Main funksiyasi ikki usulda ishlatilishi mumkin (tipli va tipsiz). Yuqorida keltirilgan misolda tipsiz edi. Tipli main ga dastur quyidagi ko`rinishda tuziladi: Preprotsessor_komandalari tip main() { Dastur tanasi. return [qiymat] } Preprotsessor direktivalari kompilyatsiya jarayonidan oldin preprotsessor tomonidan bajariladi. Natijada dastur matni preprotsessor direktivalari asosida o`zgartiriladi. Preprotsessor komandalaridan ikkitasini ko`rib chiqamiz. # include uchun foydalaniladi. #define direktiva bajarilganda dastur matnidagi almashtiruvchi ifodalar almashinuvchi ifodalarga almashtiriladi. Masalan, 1-listing. Output: 222 #include void main() { cout << “\n Salom, BUXORO! \n”; } Salom, BUXORO! Define direktivasi yordamida bu dasturni quyidagicha yozish mumkin: 2-listing. Output: #include #define program cout << “\n Salom, BUXORO! \n” #define bosh { #define tam } void main() bosh program; tam Salom, BUXORO! Define direktivasidan nomlangan o`zgarmaslar kiritish uchun foydalanish mumkindir. Masalan, #define max 10 Agar dasturda quyidagi amallar mavjud bo`lsin: Double m=max A=alfa*max Preprotsessor bu matnda har bir max o`zgarmasni uning qiymati bilan almashtiradi, va natijada quyidagi amallar hosil bo`ladi. Double max=10 D=alfa*10 5> Download 7.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling