Информатика
Mustahkamlash uchun savollar
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.5. Operatorlar Muhim so`zlar
- Bilib olasiz
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Main funksiyasining vazifasini ayting. 2. Tipli va tipsiz main funksiyasiga misol keltiring. 3. cout operatori qanday amalni bajaradi ? 4. define ning vazifasini ayting. 5. Kompilyatsiya nima? 6. Preprotsessor vazifasini ayting. 7. # include 8. 2==0 amali to`g`ri yozilganmi? 9. 2=>2 amali to`g`ri yozilganmi? 10. C++ das hart qaysi operator bilan aniqlanadi ? 5.5. Operatorlar Muhim so`zlar: nuqta vergul [;], qiymat berish operatori [=], qo`shimcha operatorlar, kiritish –chiqarish operatorlari, increment, decrement, mantiqiy operatorlar, and [&&], or [||], not [!]. Bilib olasiz: C++da har bir operatorni tugatish, operator turlari, qo`shimcha operatorlarni ishlatish, cin kiritish, cout chiqarish operatorlarini ishlatish, qiymat berish, increment, decrement operatorlari, mantiqiy and [&&], or [||], not [!] larni vazifalari va ishlatishni. Har qanday dastur funksiyalar ketma ketligidan iborat bo`ladi. Funksiyalar sarlavha va funksiya tanasidan iborat bo`ladi. Funksiya sarlavhasiga void main() ifoda misol bo`la oladi. Funksiya tanasi ob`yektlar ta`riflari va operatorlardan iborat bo`ladi. Har qanday operator nuqta-vergul [;] belgisi bilan tugashi lozim. Quyidagi ifodalar X=0, yoki I++ operatorga aylanadi agar ulardan so`ng nuqtali vergul [;] kelsa (X = 0; I++;). 227 Operatorlar bajariluvchi va bajarilmaydigan operatorlarga ajratiladi. Bajarilmaydigan operator bu izoh operatoridir. Izoh operatori [/*] belgisi bilan boshlanib, [*/] belgisi bilan tugaydi. Bu ikki simvol orasida ixtiyoriy jumla yozish mumkin. Kompilyator bu jumlani tekshirib o`tirmaydi. Izoh operatoridan dasturni tushunarli qilish maqsadida izohlar kiritish uchun foydalaniladi. Bajariluvchi operatorlar o`z navbatida ma`lumotlarni o`zgartiruvchi va boshqaruvchi operatorlarga ajratiladi. Ma`lumotlarni o`zgartiruvchi operatorlarga qiymat berish operatorlari va [;] bilan tugovchi ifodalar kiradi. Masalan, I++; x*=I; I=x-4*I; Boshqaruvchi operatorlar dasturni boshqaruvchi konstruktsiyalar deb ataladi. Bu operatorlarga quyidagilar kiradi: - Qo`shma operatorlar; - Tanlash operatorlari; - Takrorlash operatorlari; - O`tish operatorlari; Download 7.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling