Информатика


Mustahkamlash uchun savollar


Download 7.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/300
Sana25.08.2023
Hajmi7.16 Mb.
#1670002
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   300
Bog'liq
informatika Mominov

 Mustahkamlash uchun savollar. 
1. Main funksiyasining vazifasini ayting. 
2. Tipli va tipsiz main funksiyasiga misol keltiring. 
3. cout operatori qanday amalni bajaradi ? 
4. define ning vazifasini ayting. 
5. Kompilyatsiya nima? 
6. Preprotsessor vazifasini ayting. 
7. # include nima amalga oshiradi ? 
8. 2==0 amali to`g`ri yozilganmi? 
9. 2=>2 amali to`g`ri yozilganmi? 
10. C++ das hart qaysi operator bilan aniqlanadi ? 
5.5. Operatorlar

Muhim so`zlar: nuqta vergul [;], qiymat berish operatori [=], 
qo`shimcha operatorlar, kiritish –chiqarish operatorlari, increment, decrement
mantiqiy operatorlar, and [&&], or [||], not [!]. 

Bilib olasiz: C++da har bir operatorni tugatish, operator turlari
qo`shimcha operatorlarni ishlatish, cin kiritish, cout chiqarish operatorlarini 
ishlatish, qiymat berish, increment, decrement operatorlari, mantiqiy and [&&], 
or [||], not [!] larni vazifalari va ishlatishni. 
Har qanday dastur funksiyalar ketma ketligidan iborat bo`ladi. Funksiyalar 
sarlavha va funksiya tanasidan iborat bo`ladi. Funksiya sarlavhasiga void main() 
ifoda misol bo`la oladi. Funksiya tanasi ob`yektlar ta`riflari va operatorlardan 
iborat bo`ladi. 
Har qanday operator nuqta-vergul [;] belgisi bilan tugashi lozim. Quyidagi 
ifodalar X=0, yoki I++ operatorga aylanadi agar ulardan so`ng nuqtali vergul [;] 
kelsa (X = 0; I++;). 


227 
Operatorlar bajariluvchi va bajarilmaydigan operatorlarga ajratiladi. 
Bajarilmaydigan operator bu izoh operatoridir. Izoh operatori [/*] belgisi bilan 
boshlanib, [*/] belgisi bilan tugaydi. Bu ikki simvol orasida ixtiyoriy jumla yozish 
mumkin. Kompilyator bu jumlani tekshirib o`tirmaydi. Izoh operatoridan dasturni 
tushunarli qilish maqsadida izohlar kiritish uchun foydalaniladi.
Bajariluvchi operatorlar o`z navbatida ma`lumotlarni o`zgartiruvchi va 
boshqaruvchi operatorlarga ajratiladi. Ma`lumotlarni o`zgartiruvchi operatorlarga 
qiymat berish operatorlari va [;] bilan tugovchi ifodalar kiradi. Masalan, 
I++; 
x*=I; 
I=x-4*I; 
Boshqaruvchi operatorlar dasturni boshqaruvchi konstruktsiyalar deb ataladi. 
Bu operatorlarga quyidagilar kiradi: 
- Qo`shma operatorlar; 
- Tanlash operatorlari; 
- Takrorlash operatorlari
- O`tish operatorlari; 

Download 7.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling