Информатика


Faylga ixtiyoriy murojaat qilish


Download 7.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/300
Sana25.08.2023
Hajmi7.16 Mb.
#1670002
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   300
Bog'liq
informatika Mominov

Faylga ixtiyoriy murojaat qilish. Hozirgi ko`rib chiqilgan funksiyalar 
faylga ketma-ket yozish yoki ketma-ket o`qishga imkon beradi xolos. Fayldan 
o`qib faylga yozishlar doim joriy pozitsiyasida bo`ladi. Boshlang`ich pozitsiya 


283 
fayl ochilganda aniqlanadi. Faylni "r" va"w" rejimida ochilganda joriy pozitsiya 
ko`rsatgichi faylning birligi baytini ko`rsatadi, "a" rejimida ochilganda, oshish 
baytini ko`rsatadi. Har bir kiritish-chiqarish amali bajarilganda, ko`rsatgich 
o`qilgan baytlar soniga qarab yangi pozitsiyaga ko`chadi. Faylning ixtiyoriy 
baytiga murojaat qilish uchun fseek() funksiyasidan foydalanish lozimdir.Bu 
funksiya quyidagi prototipga ega. Int fseek (faylga ko`rsatgich, oraliq, hisobot 
boshi ) farq long tipidagi o`zgaruvchi yoki ifoda bilan beriladi. Hisobot boshi oldin 
quyidagi o`zgarmaslardan biri bilan aniqlanadi. 
Seek_ Set (qiymati 0 )-fayl boshi; 
Seek_cur (qiymati 1)-o`qilayotgan pazitsiya; 
Seek_ end (qiymati 2)-fayl ochish; 
Fseek () funksiyasi 0 qaytaradi agar faylda ko`chish bajarilgan bo`lsa, aksincha 
noldan farqli songa teng bo`ladi.
Ixtiyoriy pozitsiyadan fayl boshiga o`tish: 
Fseek (fp,ol,seek-set) 
Ixtiyoriy pozitsiyadan fayl boshiga o`tish: 
Fseek (fp,ol,seek-end) 
Joriy pozitsiyadan bir bayt oldinga yoki orqaga ko`chish uchun
fseek (jp,-1L,seek-cur). 
Fseek funksiyasidan tashqari C ++ tili kutubxonasida pozitsiyaga ko`rsatkichlar 
bilan bog`liq quyidagi funksiyalar mavjud. 
Long ftell (FIHE*)-faylda ko`rsatkichning joriy pozitsiyasini aniqlash. 
void rewind (FILE*)-joriy pozitsiya ko`rsatkichini fayl boshiga keltirish. 
Quyi darajadagi kiritish va chiqarish. Quyi darajadagi kiritish va 
chiqarish funtsiyalari operatsion tizim imkoniyatlaridan to`g`ridan - to`g`ri 
foydalanishga imkon beradi. Bu holda buferlash va formatlash bajarilmaydi. Faylni 
quyi darajadagi ochishda fayl bilan fayl (oqim) ko`rsatkichi emas, deskriptor 
bog`lanadi. Fayl deskriptori fayl ochilganligi to`g`risidagi ma`lumotni operatsion 
tizim ichki jadvallariga joylashtiruvini belgilovchi butun sondir. Quyi darajadagi 


284 
funksiyalar dasturga iostream.h kutubxonasini qo`shishni talab qilmaydi. Lekin bu 
kutubxona fayllar bilan ishlashda foydali bo`lgan ba`zi o`zgarmaslar (misol uchun 
fayl yakuni belgisi EOF) ta`rifini o`z ichiga oladi. Bu konstantalarda 
foydalanganda iostream.h dasturga qo`shilishi zarurdir.

Download 7.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling