Информатика


Download 7.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/300
Sana25.08.2023
Hajmi7.16 Mb.
#1670002
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   300
Bog'liq
informatika Mominov

6.1. C++ BUILDER muhiti 

Muhim so`zlar: DOS, Borland C++, OWL, Windows, menyu, hotkey, 
form, unit, object, treeview, inspector. 

Bilib olasiz: C++ builder muhitining yaratilishi, variantlari, minimun 
talablari, oyna ko`rinishi, oyna elementlari va vazifalari, foydali tugmachalar va 
ularning vazifalarini. 
DOS OT da ishlovchi Borland C++ dasturlash muhiti birinchi bor 1990- 
yilda 2.0 raqami bilan chiqdi (OS/2 uchun bu variant 1992 -yilda chiqqan). 1991 -
yilda 3.0 raqami bilan darchali dasturlashga asoslangan variant yaratildi. Oradan 
bir yil o`tgach, Borland C++ ning yangilangan varianti yaratildi. Bu variantda IDE 
oynali muhit va OWL 1.0 shablon dasturlar, Turbo Vision 1.0. bilan realizatsiya 
qilingan edi. Borland C++ 4.0 variantidan boshlab (1993 -yil) DOS dasturlarni 
qo`llab quvvatlovchi qismi o`chirilib, faqat darchali dasturlash qismi rivojlantirildi. 
Windows 95 va OWL 2.5 ni qo`llab quvvatlovchi 4.52 varianti 1995- yilda chiqdi. 
1996- yil martda Windows NT 3.51 (Windows NT 4.0 ishlanayotgan) 5.0 varianti 
chiqdi. 1997- yilda Borland C++ Builder muhiti yaratildi. 
Borland C++ ning rivojlanishi: Turbo C → Borland C++ → Borland C++ 
Builder → Code gear C++ Builder (Code gear Turbo C++) → Embarcadero C++ 
Builder (Embarcadero Turbo C++).
Borland C++ Builder ning bir nechta variantlari yaratildi. Bu qo`llanmada 
Borland C++ Builder 6 variantida ishlash, turli oynali dasturlar tuzishni o`rganish 
bilan uning buyruqlarini ham o`rganamiz. Borland C++ Builder 6 muhitining 
ishlash tamoyillari: 

Prosessor Intel Pentium II 400 MG va undan yuqorilari; 

Operatsion tizimlar Microsoft Windows 98, 2000 (SP2) yoki XP; 

Tezkor xotiradan 256 Mb taklif qilinadi (min 128 Mb); 

Tashqi xotiradan 750 Mb bo`sh joy kerak to`liq o`rnatish uchun; 

CD-ROM; 


291 

SVGA (800x600, 256 ranglar) yoki yuqorisi

Manipulyator ―Sichqoncha‖. 
Borland C++ Builder 6 (C++ Builder) dasturini ishga tushirganimizda (Pusk 
-> programmi -> Borland C++ Builder 6 -> C++ Builder 6) uning oynasi 
quyidagicha hosil bo`ladi(6.1-rasm). 
Borland C++ Builderning oynasi 5 qismdan iborat.
1. Menyu va uskunalar paneli joylashgan oyna (bu oyna har doim bir xil 
ko`rinishda bo`ladi). 
2. Object TreeView - bu oynada darchadagi ob`yektlar joylashgan bo`ladi. 
Oynani ekranga chiqarish uchun [Shift]+[Alt]+[F11] tugmasi bosiladi. 
3. Object Inspector - bu oynada ob`yektlarning xossalari (properties) va 
hodisalari (events) boshqariladi. Tanlangan ob`yektga xos properties va 
events hosil bo`ladi. Bu oynani ekranga chiqarish uchun [F11] tugmasi 
bosiladi. 
4. From – bu oyna tuzilayotgan dasturning oynasi va uning ob`yektlaridan 
tashkil topgan bo`ladi. From lar bir nechta bo`lishi mumkin. Ularni 
almashtirish uchun [Shift]+[F12] tugmasi bosiladi. 
5. Unit – bu oynada tuzilayotgan dasturning listing matni yozilgan bo`ladi. 
Unitlar ham bir nechta bo`lishi mumkin. Ularni almashtirish uchun 
[Ctrl]+[F12] tugmasi bosiladi. 


292 

Download 7.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling