Информатика
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3. PAINT va Kalkulyator dasturi Muhim so`zlar
- Paint dasturi.
- 7.6-rasm. Paint dasturining oynasi.
7.4-rasm. Vaqt bo`yicha
izlash 334 7.5-rasm. Izlash natijalari. Mustahkamlash uchun savollar. 1. Windows 7 da qidiruv tizimi joylangan joyni bilasizmi ? 2. Fayl va papkalarni qanday izlash usullarini bilasizmi ? 3. 2 - harfi [b] bo`lgan papkani topish usulini ayting. 4. Barcha matnli fayllarni topish usulini ayting. 5. Kompyuterdan fayl va papkalarni qidirishni qanday boshlaysiz ? 6. Topilgan fayl haqida ma`lumot bering. 7. Shu oyning 15 sanasidan so`ng yaratilgan barcha fayllar ro`yxatini shakllantiring. 8. Kompyuterdagi hajmi 10 Kbaytdan kam bo`lgan fayllarni qanday topasiz ? 9. Hajmi 100 Kbaytdan bo`lgan rasmli fayllarni toping. 10. Kengaytma bo`yicha fayllarni qidirish usulini izohlab bering. 7.3. PAINT va Kalkulyator dasturi Muhim so`zlar: grafik muharrir, Paint, oyna, lenta, fayl, kengaytma, kalkulyator, injenerlik, dasturchi, birliklarni akslantirish,vaqtlarni hisoblash. Bilib olasiz: grafik muharrir Paint to`g`risida ma`lumot, Paint qatorining lentasi, ishchi soha bilan ishlash, rasmlarni qayta ishlash, tahrirlash usullari, kalkulyatorning vazifalari, turlari, ishlash va foydalanish asoslari, hamda funksional tugmachalar vazifalarini Paint dasturi. Windows OTda kichik grafik muharriri Paint dasturi mavjud. U dastur yordamida turli rasmlar, chizmalar, grafiklarni tayyorlash mumkin va tayyor rasmlarni ham tahrirlash imkoniyati mavjud. Bu dastur oynasi Windows ning oldingi versiyalaridan farqli o`laroq Windows 7 tizimida qulay qilib yaratilgan. 335 7.6-rasm. Paint dasturining oynasi. Paint so`zining ma`nosi Inglizcha paint sozidan olingan bo`lib, o`zbekchaga ―chizmoq‖, ―chizish‖ degan ma`nolarni beradi. Paint dasturining oynasi 5 qismdan iborat bo`lib, ular: Sarlavha satri. Bu satrda Tizimli menyu, tez bajaruvchi satr, sarlavha satri hamda uchta tizimli tugmacha bor. Tizimli menu oyna ustida amallarni bajarishga yordam beradi. Masalan, oynani yopish, tez bajaruvchi satrda foydalanuvchi tomonidan tez-tez bajariladigan buyruqlarni ko`rish mumkin. Masalan, xotiraga olish. Bu qatorni foydalanuvchining o`zi ham sozlashi mumkin. Buning uchun qator oxiridagi [ ] tugmachani bosish va kerakli buyruqlarni tanlash lozim. Sarlavha satrida yaratilgan yoki tahrirlanayotgan faylning nomi bo`ladi (Paint dasturi безымянный deb fayl yaratadi). Download 7.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling