Информатика
Mustahkamlash uchun savollar
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2. Windows 7 tizimida qidiruv Muhim so`zlar
- 7.2-rasm. Qidiruv oynasi.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Windowsda fayl va papkalar bilan ishlashni yengillashtiruvchi dastur nomini ayting? 2. Menyu satrida qanday bo`limlar bor ? 3. Total Commander dasturining oynasi nechta ? 4. [F2] tugmasining vazifasini ayting ? 5. Joriy oyna uchun menyuni aktiv qilish tugmasi. 6. Oynalar o`rnini almashtirish tugmasini ayting. 7. [CTRL]+[L] ning vazifasini toping. 8. Arxivlangan fayllarni ochish tugmasi. 9. Papkalarning daraxt ko`rinishi chiqarish uchun qanday amal bajariladi ? 10. Buyruqlar qatorining vazifasini ayting. 7.2. Windows 7 tizimida qidiruv Muhim so`zlar: fayl, papka,kengaytma, vaqt, hajm. axborot o`lchov birliklari. Bilib olasiz: Windows7 tizimida fayl va papkalarni qidirish tizimida ishlash, kengaytma, hajm, vaqti bo`yicha izlashni. OTlarning va barcha qobiq dasturlarning ichki qidiruv tizimi mavjud. Qidiruv tizmining vazifasi fayl, papka va ularning xossalari asosida, ichki ma`lumoti bo`yicha izlab topishdir. Windows 7 OTda qidiruv tizimi boshqa 332 OTlarnikidan farqli o`laroq, uning barcha oynalari yuqori o`ng tomonida joylashgan. Bu foydalanuvchiga bir qancha afzalliklarni taminlaydi. Ya`ni joriy oyna bo`yicha qidirishni ta`minlaydi. 7.2-rasm. Qidiruv oynasi. Rasmda tasvirlangan qidiruv tizimi Documents(F:) dan kerak faylni topib beradi. Fayl va papkalarni qidirish usullari bir nechtadir. Fayl yoki papkani nomi bo`yicha izlash. Bu izlashda uning nomi maydonga yoziladi va Enter tugmasi bosiladi, joriy oynaning papkasi bo`yicha fayl yoki papka qidiriladi. Agar faylning bosh harflaridan birortasini bilsangiz, u holda bu faylni [*] belgisi orqali izlash mumkin. Masalan, a* a harf bilan boshlanadigan barcha fayllarni topib beradi. Agar fayl nomining oxirgi harflarini bilsangiz u holda [*] belgisidan foydalanish ham mumkin. Masalan, *jadval oxiri jadval so`zi bilan tugagan barcha fayllarni topadi. Agar siz fayl harflarning boshi va oxirini bilsangiz, u holda [*] belgisidan foydalaniladi. Masalan, b*jadval bosh harfi b va oxiri jadval so`zi bilan tugovchi barcha fayllarni izlab topadi. Agar faylning birinchi va uchinchi harflarini bilsangiz, u holda faylni [*] va [?] belgilari orqali izlash mumkin. Masalan, b?h* bosh harfi b va uchinchi harfi h bolgan barcha fayllarni topadi. Download 7.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling