Информатика
VIII BOB. AMALIY DASTURLAR MAJMUASI
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilib olasiz
- 8.1-rasm. Wordning oynasi Word oynasi 4 qismdan, sarlavha, lentalar, ishchi maydon, holat satridan iboratdir. Sarlavha
- Ishchi maydon
VIII BOB. AMALIY DASTURLAR MAJMUASI
8.1. Matn muharrirlari Muhim so`zlar: matn muharriri, word, Microsoft word, Microsoft office, ishchi maydon, hujjat, funksional tugma, bet, belgi, interfeys, lenta. Bilib olasiz: matn muharririning vazifalari, Microsoft Word, Wprd interfeysi, holat satri, ishchi maydoni, lentalarining vazifalarini. Matn muharrirlari o`z ma`nosidan ma`lum bo`lmoqdaki, matnlarni yaratish, tahrirlash, bezak berish umuman olganda matnlar ustida amallar bajaradi. Hozirgi kunda ommalashgan matn muharriri bu Microsoft Word dasturidir. Bu dastur Microsoft Office paketiga kiruvchi dasturlardan biri bolib, Microsoft kompaniyasining mahsuloti hisoblanadi. Hammaga ma`lumki Microsoft Officening bir nechta variantlari bor. Matn muharrirlarida matnli hujjatlarni yaratish va tahrirlash usullarini Microsoft Word 2007 varianti orqali bayon etamiz (word so`zi inglizchadan o`zbekchaga ―so`z‖ degan ma`noni beradi). Microsoft Word 2007 (Word) dasturi matn muharrirlarining oldingi variantlaridan foydalanuvchilar uchun ancha qulay. Sababi endi matnlar ustida bajariladigan amallarni menyu bo`yicha qidirish uchun vaqt sarflanmaydi. Chunki wordda lentalarda hamma amallar ochib berilgan va aniq bo`limlarga bo`lingan. 345 8.1-rasm. Wordning oynasi Word oynasi 4 qismdan, sarlavha, lentalar, ishchi maydon, holat satridan iboratdir. Sarlavha satrida 4 ta qism bor. a)Microsoft Office tugmasi – matnli hujjatlarni yaratish, ochish, saqlash, chop etish, yopish kabi bir qancha amallarni bajaradi. b)Tez foydalanish paneli – foydalanuvchiga qulaylik yaratish uchun tez – tez foydalanib turiladigan buyruqlarni belgisini joylashtirish va zarur bo`lganda foydalanish imkoniyatini beradi. Unga yangi buyruqlarni qo`shish uchun, panelning oxiridagi tugmaga kelib sichqonchani bosish kerak. So`ng ro`yxatdan kerakli buyruqlarni tanlash lozim. Sizga kerakli buyruq bu ro`yxatda bo`lmasa, boshqa buyruqlar bo`limidan qo`shiladi. c)Tayyorlanayotgan hujjatning nomi. d) Word oynasini yig`ishtirish, kattalashtirish (kichiklashtirish), yopish tugmalari joylashgan tizimli tugmachalar. Ishchi maydon – Word matn muharririda matnlar ustida amallar bajarishda, kerakli hujjatlarni tayyorlashda foydalaniladigan ish joyi. Ishchi maydon atrofida chizg`ich bo`lishi mumkin. Chizg`ichni o`rnatish va olib tashlash uchun ishchi stolning yuqori o`ng tomonidagi belgini tanlash kerak. Ishchi stolning o`ng tomonida hujjat betlarini yuqoriga-pastga harakatlanuvchi tugmalar bor. Shu tugmalarning pastida - 1 bet yuqoriga, - 1 bet pastga, hujjatning biror bo`limiga o`tish belgilari bor. belgining 12 ta buyruqlari bor (8.1-jadvalga qarang). Download 7.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling