Информатика


VIII BOB. AMALIY DASTURLAR MAJMUASI


Download 7.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/300
Sana25.08.2023
Hajmi7.16 Mb.
#1670002
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   300
Bog'liq
informatika Mominov

VIII BOB. AMALIY DASTURLAR MAJMUASI 
8.1. Matn muharrirlari

Muhim so`zlar: matn muharriri, word, Microsoft word, Microsoft 
office, ishchi maydon, hujjat, funksional tugma, bet, belgi, interfeys, lenta.

Bilib olasiz: matn muharririning vazifalari, Microsoft Word, Wprd 
interfeysi, holat satri, ishchi maydoni, lentalarining vazifalarini.
Matn muharrirlari o`z ma`nosidan ma`lum bo`lmoqdaki, matnlarni yaratish
tahrirlash, bezak berish umuman olganda matnlar ustida amallar bajaradi. Hozirgi 
kunda ommalashgan matn muharriri bu Microsoft Word dasturidir. Bu dastur 
Microsoft Office paketiga kiruvchi dasturlardan biri bolib, Microsoft 
kompaniyasining mahsuloti hisoblanadi. 
Hammaga 
ma`lumki 
Microsoft 
Officening bir nechta variantlari bor. Matn muharrirlarida matnli hujjatlarni 
yaratish va tahrirlash usullarini Microsoft Word 2007 varianti orqali bayon etamiz 
(word so`zi inglizchadan o`zbekchaga ―so`z‖ degan ma`noni beradi). 
Microsoft Word 2007 (Word) dasturi matn muharrirlarining oldingi 
variantlaridan foydalanuvchilar uchun ancha qulay. Sababi endi matnlar ustida 
bajariladigan amallarni menyu bo`yicha qidirish uchun vaqt sarflanmaydi. Chunki 
wordda lentalarda hamma amallar ochib berilgan va aniq bo`limlarga bo`lingan.


345 
8.1-rasm. Wordning oynasi 
Word oynasi 4 qismdan, sarlavha, lentalar, ishchi maydon, holat satridan 
iboratdir.
Sarlavha satrida 4 ta qism bor. a)Microsoft Office tugmasi – matnli 
hujjatlarni yaratish, ochish, saqlash, chop etish, yopish kabi bir qancha amallarni 
bajaradi. b)Tez foydalanish paneli – foydalanuvchiga qulaylik yaratish uchun tez – 
tez foydalanib turiladigan buyruqlarni belgisini joylashtirish va zarur bo`lganda 
foydalanish imkoniyatini beradi. Unga yangi buyruqlarni qo`shish uchun, 
panelning oxiridagi tugmaga kelib sichqonchani bosish kerak. So`ng ro`yxatdan 
kerakli buyruqlarni tanlash lozim. Sizga kerakli buyruq bu ro`yxatda bo`lmasa, 
boshqa buyruqlar bo`limidan qo`shiladi. c)Tayyorlanayotgan hujjatning nomi. d) 
Word oynasini yig`ishtirish, kattalashtirish (kichiklashtirish), yopish tugmalari 
joylashgan tizimli tugmachalar. 
Ishchi maydon – Word matn muharririda matnlar ustida amallar bajarishda, 
kerakli hujjatlarni tayyorlashda foydalaniladigan ish joyi. Ishchi maydon atrofida 
chizg`ich bo`lishi mumkin. Chizg`ichni o`rnatish va olib tashlash uchun ishchi 
stolning yuqori o`ng tomonidagi 
belgini tanlash kerak. Ishchi stolning o`ng 
tomonida hujjat betlarini yuqoriga-pastga harakatlanuvchi tugmalar bor. Shu 
tugmalarning pastida - 1 bet yuqoriga, - 1 bet pastga, 
hujjatning biror 
bo`limiga o`tish belgilari bor. 
belgining 12 ta buyruqlari bor (8.1-jadvalga 
qarang). 

Download 7.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling