Информатика


Download 7.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/300
Sana25.08.2023
Hajmi7.16 Mb.
#1670002
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   300
Bog'liq
informatika Mominov

Kalkulyator dasturi. Windows OT yaratilgandan buyon kalkulyator dasturi 
takomillashtirib kelinmoqda. Windows 7 tizimining Kalkulyator dastur juda 
ko`plab amallarni bajaradi. Windowsning oldingi variantlarida Kalkulyatorning 
ikki xil ko`rinishi bor edi. Windows 7 tizimida kalkulyatorning «Обычный» 
oddiy, «Инженерный» injenerlik, «Программист» dasturlovchi, «Статистика» 
statistik, «Преобразование единиц» birliklarni akslantirish, «Вычисление дате» 
vaqtlarni hisoblash, «Листы» turli hisoblar kabi ko`rinishlari bor. Kalkulyatorning 
har ko`rinishi tanlanganga uning ko`rinishi o`zgaradi. Windows 7 tizimida 
kalkulyator 17 xonagacha hisoblaydi va undan kattalarini 1e+16 ko`rinishida 
taqdim etadi.

Oddiy kalkulyator – oddiy matematik amalar ([+], [-], [*], [/]) bilan birga 
ildiz olish (
), ishora almashtirish ( ), sonning teskarisini topish (
)ga 
o`xshash amallarni bajaradi. Masalan, 4 sonidan kvadrat ildiz olish uchun avval 4 


339 
sonini yozamiz va 
tumasini bosamiz. Kalkulyator ekranida sqrt(4)=2 hosil 
bo`ladi. 

Injenerlik kalkulyator – oddiy kalkulyator amallari bilan birgalikda 
trigonometrik funksiyalar, 
, log, int, Mod kabi amallarni bajaradi. 
Masalan, int(9.3)=9, 5!=120 hosil bo`ladi. 

Dasturchining kalkulyatori – injenerlik kalkulyatori va matematik mantiq 
amallarini va 4 ta sanoq sistemadagi amallar, natijalarni xotiraga olish kabi 
amallarni bajaradi. Masalan, 101
(2)
+100
(2)
= ni bajarish uchun, avval bir tanlaniladi 
va 101+100 va enter yoki tenglik bosiladi va natija 1001 hosil bo`ladi 

Statistik kalkulyator – oddiy kalkulyator amallari bilan birga sonlar 
massivining yig`indisi, o`rta arifmetrigi, kvadrat yig`ingisi, kvadrat o`rta 
arifmetigini hisoblash kabi amallarni bajaradi. Masalan, (4, 5, 6, 8) massivning 
yg`indisini hisoblash uchun avval lentaga 4, 5, 6 8 ni kiritamiz (add yoki enter 
orqali). tugmasini bosamiz va ekranga 5,75 hosil bo`ladi 

Birliklarni akslantiruvchi kalkulyator – birliklarni o`lchash imkoniyatini 
beradi. Bu kalkulyatorda [og`irlik], [vaqt], [bosim], [uzunlik], [bardoshlik], [hajm], 
[maydon], [tezlik], [temperatura], [burchak], [energiya] larning o`lchov bikliklari 
bor va ularni hisoblash qulay. Masalan, 1 litr 0.001 metr kub, 10 sm 
3,937007874015748 dyum. 

Download 7.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling