Информатика
Mustahkamlash uchun savollar
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.2. Matnli hujjatlarni tayyorlash Muhim so`zlar
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Matn muharririning vazifalarini ayting. 2. Microsoft word qanday dastur ? 3. Word so`zining o`zbekcha ma`nosini bilasizmi ? 4. Word oynasi necha qismdan iborat ? 5. O`ng tomondagi tugmachalar vazifalarini ayting. 6. [Ctrl]+[G] tugmachalarining vazifasini ayting. 7. [Статистика] oynasi qanday ma`lumotlarni chiqaradi ? 8. Kerakli ibora (belgi)ni qidirib topish uchun qaysi tugma bosiladi ? 9. Microsoft Wordning nechta lentasi bor ? 10. Jo`natmalar lentasining vazifasini ayting. 8.2. Matnli hujjatlarni tayyorlash Muhim so`zlar: hujjat, matnli hujjat, belgi, ibora, so`z, qator, word cho`ntagi, format, funksional tugma, shrift, bo`lim, tekislash, stil, bet . Bilib olasiz: matnli hujjatlar bilan ishlash, windows cho`ntagidan foydalanish, matn ustida bajariladigan amallar, foydali tugmalar, matnlarni formatlash, stillardan foydalanish, yaratish,bet xususiyatlari bilan ishlash imkoniyatlarini. Matnli hujjatlarni tayyorlash uchun odatda matn bo`limlari, qatorlar va so`zlar bilan ishlanadi. So`zlarni klaviatura yordamida kiritiladi. Bir bo`limni tugatib, ikkinchi bo`limni yaratish uchun [Enter] tugmasi bosiladi. Matnning biror qismini nusxalash yoki ko`paytirish uchun Windows cho`ntaklaridan foydalanamiz. Wordda oxirgi 24 ta nusxalangan ma`lumotni saqlovchi cho`ntak mavjud. Uni ekranga chiqarish uchun bosh lentaning [Буфер обмена] bo`limiga murojat qilish kerak. Bo`limning past o`ng tomonidagi tugmacha bosilsa, ekranda cho`ntak oynasi hosil bo`ladi. Uni sozlash uchun параметры bo`limidan foydalanamiz. Ma`lumotlarni cho`ntakka ikki usulda olish mumkin. [Копировать] – nusxalash, bunda matnning qismi belgilanib olinadi va nusxasi cho`ntakka uzatiladi. Bu amalni bajarish uchun [Буфер обмена] bo`limidan [Копировать] 350 tugmasini bosish kerak yoki [Ctrl]+[C] yoki [Ctrl]+[inseret] tugmalar majmuasini bosish yetarli. [Вырезать] – kesib olish, bunda matnning qismi belgilanib olinadi va matnda qoldirmasdan cho`ntakka ko`chiriladi. Bu amalni bajarish uchun [Буфер обмена] bo`limidan [Вырезать] tugmasini bosish kerak yoki [Ctrl]+[X] yoki [Ctrl]+[Delete] tugmalar majmuasini bosish yetarli. Cho`ntakdagi ma`lumotni matnning biror qismida qo`yish uchun kerakli joyga borib (kursor turgan joy) [Буфер обмена] bo`limidan [Вставить] tugmasini bosish kerak yoki [Ctrl]+[V] yoki [Shift]+[insert] tugmalar majmuasini bosish yetarli. [Буфер обмена] bo`limida yana bir tugma [Формат по образу] – namuna bo`yicha formatlashdir. Matnning biror qismini formatlash kerak bo`lsa, tayyorlangan format [Формат по образу] tugmasi orqali nusxalanadi va format kerakli joyi (bo`lim, so`z, harf)ga bosiladi. Matnli hujjatda matnlar bilan ishlaganda interaktiv amallar mavjud. Ular matnli hujjat bilan ishlashni yengillashtiradi. Ular: qator boshiga o`tish uchun [Home] tugmasi; qator oxiriga o`tish uchun [End] tugmasi; So`zni harfma - harf belgilash uchun [Shift] va [ ], [ ] yo`nalish tugmasi; Matnni qator-qator belgilash uchun [Shift] va [ ],[ ] yo`nalish tugmasi; Matnni so`zma-so`z belgilash uchun [Ctrl]+[Shift] va [ ], [ ] yo`nalish tugmasi; Matnni bo`lim-bo`lim belgilash uchun [Ctrl]+[Shift] va [ ],[ ] yo`nalish tugmasi; Matnda so`zma-so`z harakatlanish uchun [Ctrl]+[ ] yo`nalish tugmasi; Hujjatda qator oxirigacha belgilash uchun [Shift]+[End] tugmasi; Hujjatda qator boshigacha belgilash uchun [Shift]+[Home] tugmasi; Hujjatni varaqlash uchun [PageUp] oldinga, [PageDn] navbatdagiga o`tish uchun; Hujjat boshiga o`tish uchun [Ctrl]+[Home] tugmasi; Hujjat oxiriga o`tish uchun [Ctrl]+[End] tugmasi; 351 Matndan bitta so`zni belgilash uchun so`zning ustiga sichqoncha ikki marta tez-tez bosiladi; Matndan bitta bo`limni belgilash uchun bo`limning ustiga sichqoncha uch marta tez-tez bosiladi; Matnli hujjatlarda matnning shrifti bilan ishlash imkoniyati matnni tayyorlashda qulay bolib, yozuv turi, o`lchami, shakli rangi va bir qator amallarni bajarishga xizmat qiladi. Bu vazifalarni bosh lentadagi [Шрифт] yozuvni tayyorlash bo`limi yordamida amalga oshirsa bo`ladi. Download 7.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling