Информатика


-rasm. Microsoft Excel dasturining oynasi


Download 7.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/300
Sana25.08.2023
Hajmi7.16 Mb.
#1670002
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   300
Bog'liq
informatika Mominov

8.16-rasm. Microsoft Excel dasturining oynasi. 
Microsoft Excel 2007 (Excel) asosan hisob – kitob ishlari, ma`lumotlarning 
turli ko`rinishlari, ma`lumotlarni qayta ishlash, saralash kabi amallarni bajarishga 
mo`ljallangan. Excelning oynasi Word oynasi kabi 4 qismdan iborat. Bular: 
Sarlavha satri, lentalar, ishchi maydon va holat satri. Sarlavha va holat satri xuddi 
word dasturiniki bilan bir xil. Shuning uchun bu qismlarga to`xtalib o`tmaymiz. 
Excelda tayyorlanadigan hujjat ishchi kitob deb nomlanadi. Ishchi kitob o`z 
navbatida varaqlardan iborat bo`ladi.
Dastur oynasining ishchi maydonida ishchi kitob bilan ishlash uchun qulay 
bo`lgan vositalar joylashgan. Ishchi maydon asosan yacheykalardan iborat. 
Yacheykalar esa ustun va qatorning kesishmasidan tashkil topgan. Excelda 
hammasi bo`lib qatorlar soni 1048576=2
20 
ta bo`lib, ular raqamlar bilan 
tartiblanadi. So`nggi qatorga o`tish uchun [Ctrl] + [

] tugmachalar majmuasi 
bosiladi. Ustunlar soni esa 16384=2
14
ta bo`lib, lotin harflari bilan belgilanadi. 
So`ngi ustunga o`tish uchun [Ctrl]+[

] tugmachalar majmuasi bosiladi. Excelda 
hammasi bo`lib 17179869184 = 2
34
ta yacheykalar bor. Har bir yacheyka o`z 
nomiga ega. Masalan, A4, D11. A4 – A nomli ustunning 4 qator degan ma`noni 
beradi va biz bu yacheykaga doimo A4 deb murojaat etamiz. Ishchi kitobda 
tezkorning quvvati yetguncha varaqlarni yaratish mumkin. Avtomatik tarzda 3 ta 


363 
varaq yaratiladi. Ustunlarning maksimal uzunligi 255 ta belgi, qatorlarning 
maksimal balandligi 409 yozuv o`lchami. Har bir varaqda 1026 ta vertikal va 
gorizontal chiziqlar bor bo`lib, 38117488 ta bet bor. Har betda 450ta yacheyka 
bor. Har bir yacheykada 32767 ta belgini yozish mumkin. Ishchi kitobda 16 
million xil rangdan ya`ni 32 bitli ranglar to`plami va 24 bitli ranglar to`plamidan 
to`liq foydalanish mumkin.
ishchi kitobdagi betlarni varaqlaydi. [ |◄] 
belgisi birinchi varaqqa o`tish, [◄] bitta oldingi, [►] bitta keyingi va [►|] oxirgi 
varaqqa o`tish uchun ishlatiladi.
Excelning lentalari Wordning lentalaridan farqli ravishda 7ta bo`lib, ularga: 
[Главная] bosh lenta, [Вставка] ob`yektlarni o`rnatish, [Рaзметка страницы] bet 
xususiyatlari, [Формулы] formulalar, [Данные] ma`lumotlar, [Рецензтрование] 
taqrizlash, [Вид] ko`rinish lentalaridir.
1. 
Bosh lenta 7 ta bo`limdan iborat bo`lib, windows cho`ntagi, matn 
yozuvlari, matnlarni tekislash va yacheykaga joylashtirish, yacheykani formatlash, 
stillar, yacheykani shartli formatlash, yacheykalar qo`shish, o`chrish va tahrirlash 
amallarini bajarish uchun mo`ljallangan. 
2. 
Ob`yektlarni joylashtirish lentasi yordamida jadvallarni ko`chirish, 
ko`rgazmali 
rasmlarni, 
diagrammalar, 
aloqalar, 
ob`yektli 
matnlarini 
joylashtirishimiz mumkin. 
3. 
Bet xususiyatlari lentasida ishchi kitobning varaqlari betlari uchun 
temalar, bet parametrlari, chegaralari, o`lchamlari, turlarini tanlash mumkin.
4. 
Formulalar lentasi yordamida turli hisob-kitoblarni bajarish uchun 
formulalar kategoriyalarini tanlash, formulalar kutubxonasi, maydonlarni nomlash, 
maxsus hisoblash formulalar jarayoni bilan ishlash imkoniyatlari bor. 


364 
5. 
Ma`lumotlar lentasidan ichki ma`lumotlarni joylashtirish, ma`lumotlar 
bilan bog`lanish, ma`lumotlarni saralash, ma`lumotlar bilan ishlash kabi amallarni 
bajarish uchun mo`ljallangan. 
6. 
Taqrizlash lentasida ma`lumotlarning to`g`ri yozilganligini tekshirish, 
izohlar yaratish, ishchi kitob varaqlarini himoyalash kabi amallarni bajarish 
mumkin. 
7. 
Ko`rinish lentasida varaqlarning ko`rinishi, maxsus elementlarni 
ko`rsatish yoki yashirish, varaqning masshtabini aniqlash va o`zgartirish, Excel 
oynalari bilan ishlash va makroslar yaratish imkoniyatlari mavjud.
Lentalar bilan ishlash foydalanuvchiga katta qulayliklar yaratib beradi. 
Sichqonchasiz ham lentalardan foydalanib bo`ladi xuddi Worddagi kabi.


Download 7.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling