Информатика
-rasm. Yozuv va belgilarni o`rnatish
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.4. Elektron jadvallar Muhim so`zlar
8.15-rasm. Yozuv va belgilarni o`rnatish
Wordda turli ob`yektlarni joylashtirish qo`shimcha lentalarni ochib beradi. Bu lentalar tanlangan ob`yekt bilan ishlash (formatlash, parametrlarini o`zgartirish, ko`rinishlarini, o`lchamlarini belgilash kabi) imkoniyatlar beradi. Bu imkoniyatlar foydalanuvchida ob`yektlar bilan ishlashni, tezda kerakli parametrlarini o`zgartirishda, ob`yekt elementlari bilan tanishish va ularni o`zgartirish bilan bir qatorda wordning tayyor shablonlaridan foydalanishda qulay bo`lib, uch o`lchovli ob`yektlarni ham yaratishga imkoniyat yaratib beradi. 361 Mustahkamlash uchun savollar. 1. Wordda ob`yektlar bilan ishlash deganda nimalar nazarda tutilgan ? 2. Ob`yektlar qaysi lentadan foydalanib o`rnatiladi ? 3. Betlar bo`limidagi tugmalar va ularning vazifalarini ayting. 4. Jadvalni necha usulda yaratish mumkin ? 5. Qanday yozilgan matnni jadvalga o`tkazib bo`ladi ? 6. Jadvalda stil va shablondan nima uchun foydalaniladi ? 7. Jadvalning bitta yacheykasini bo`lish uchun nima ish amalga oshiriladi ? 8. Jadvalda matnlarni necha xil usulda joylashtirish mumkin ? 9. Ko`rgazmali va tasvirli ob`yektlarga qanday obyektlar kiradi ? 10. WordArt qanday ob`yekt ? 8.4. Elektron jadvallar Muhim so`zlar: Elektron jadval, Excel, Microsoft office, interfeys, yacheyka, qator, ustun, ishchi kitob, varaq, lenta. Bilib olasiz: Microsoft excel haqida ma`lumot, interfeys tuzilishi, ishchi kitobda ishlash, qator va ustunlarning nomlanishi, soni, MS Excelning lentalarining vazifalarini. Elektron jadval muharrirlari o`z nomidan ma`lum bo`lmoqdaki, ular elektron jadvallar bilan ishlash imkoniyatini beradi. Elektron jadvalining asosiy tushunchasi bu jadvaldir. Endi worddagi oddiy jadvallar emas balki, elektron jadvallar bilan ishlashga to`g`ri keladi. Elektron jadvallar bilan ishlovchi dasturlar Microsoft Excel deb nom olgan. Bu dastur Microsoft Office paketiga kuruvchi dasturlardan biri bo`lib, Microsoft kompaniyasining mahsuloti hisoblanadi. Hammaga ma`lumki Microsoft Officening bir nechta variantlari bor. Elektron jadval muharrirlarida elektron jadvalli hujjatlarni yaratish va tahrirlash usullarini Microsoft Excel 2007 varianti orqali bayon etamiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling