Информатика
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
8.6-rasm. Jadval stillari
358 8.7-rasm. Jadval chizish 8.8-rasm. elementlari 8.9-rasm. Qator va ustunlar bilan ishlash 8.10-rasm. Yacheyka bilan ishlash Jadval loyihasi bilan ishlovchi lentaning oxirgi bo`limi jadvallarni chizish uchun foydalaniladi. Jadval yaratish, chizish uchun jadvalning chiziqlari ko`rinishi, chiziqning qalinligi, rangi tanlanadi. [Нарисовать таблицу] buyrug`i yordamida jadvalni chizish mumkin. Jadvalda ortiqcha chiziqlar chizilgan bo`lsa, [Ластик] buyrug`i bilan o`chirish mumkin. Jadval elementlari bilan ishlash lentasi 6 ta bo`limdan iborat. [таблица] bo`limida jadval elementlarini tanlash uchun [Выделить] buyrug`idan foydalanish mumkin. Odatda jadvalning yacheykasini, qator, ustun yoki butun jadvalni belgilash imkoniyati bor. [Отобразить сетку] buyrug`i jadvalni to`r ko`rinishda tasvirlaydi. [Свойства] jadval xususiyatlari bilan ishlashga yordam beradi. [Строки и столбцы] bo`limi jadvalda elementlarini qo`shish va o`chirish imkoniyatlarini beradi. [Удалить] buyrug`i yordamida jadvalning yacheykasini, qator, ustun yoki butun jadvalni o`chirish mumkin. [Вставить сверху] buyrug`i kursor turgan joydan bitta yuqoriga qator joylashtiradi. [Вставить снизу] esa kursor turgan joydan bitta pastga qator joylashtiradi. [Вставить слева], [Вставить справа] buyruqlari kursorning mos ravishda chap va o`ngidan ustun joylashtiradi. Agar bir nechta qator yoki ustun belgilangan vaqtda bu buyruqlar amalga oshirilsa, shuncha qator yoki ustun qo`shiladi. [Размер ячейки] bo`limi faqat jadvalning yacheykasi bilan ishlashga mo`ljallangan bo`lib, [Автоподбор] jadvalni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling