Информатика
-jadval. Bet foni bilan ishlovchi tugmalar
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.3. Ob`yekt va jadvallarni tayyorlash Muhim so`zlar
- Bilib olasiz
8.6-jadval. Bet foni bilan ishlovchi tugmalar
t.r. belgisi Vazifasi 1 Betlarning ostki qismida turli xil yozuvlarni joylashtirish. Masalan, qoralama, namuna. Bunda ham tayyor shablonlardan foydalanishimiz mumkin. Agar shablonlar sizni qoniqtirmasa, [Настраиваемая подложка] buyrug`i orqali yangisini yaratish mumkin. 2 Betning fon rangini tanlash 3 Betning chegaralarini formatlash. Masalan, betning atrofida gulli naqshlarni o`rnatish. 355 Mustahkamlash uchun savollar. 1. Matnli hujjat deganda nimani tushunasiz ? 2. [Ctrl]+[C] tugmasining vazifasini ayting. 3. Word cho`ntagi bilan qanday ishlanadi ? 4. Yozuvni tanlash uchun qaysi tugma bosiladi ? 5. Matnlarni tekislash usullarini ayting. 6. [Ctrl]+[=] qanday vazifani bajaradi ? 7. Stil nima ? 8. Stilni yaratish usulini ayting. 9. Bet chegaralari qanday formatlanadi ? 10. Bir betda bir nechta ustun qanday hosil qilinadi ? 8.3. Ob`yekt va jadvallarni tayyorlash Muhim so`zlar: ko`rgazmali va tasvirli ob`yektlar, jadval, bet, titul bet, qator, ustun, jadval stili, shablon, formatlash, jadvalda matematik amallar, rasm, shakl, WordArt. Bilib olasiz: bet shablonlarini o`rnatish, jadval yaratish usullari, jadvallarni tahrirlash, jadvalda stil va shablonlardan foydalanish,jadvalga ustun, qator qo`shish, matnlarni joylashtirish, jadvalda hisoblashlarni bajarish, korgazmali va tasvirli, WordArt, rasm ob`yektlarini joylashtirish va tahrirlashlarni. Wordda ob`yekt va jadvallar bilan ishlash uchun [Вставка] joylashtirish lentasidan foydalanamiz. [Вставка] joylashtirish lentasida wordda joylashtiriladigan barcha ob`yektlar bor. Ularga [Страницы] betlar, [Таблица] jadval, [Иллюстрации] ko`rgazmali va tasvirli ob`yektlar, [Связи] aloqalar, [Колонтитулы] kolontitullar (har betning hoshiyasiga bosilgan yozuvlar), [Текст] matnli ob`yektlar, [Символы] belgilar kiradi. Har bir bo`limning vazifasi haqida to`xtalib o`tamiz. 356 1. Betlar bo`limida 3 ta asosiy buyruqlar mavjud. [Титульная страница] titul betlar o`rnatish uchun ishlatiladi. Asosan tayyorlangan hujjatning titul betlari birinchi varaqda joylashgan bo`ladi. Bu buyruq orqali titul betlarni yaratish qulay bo`lib, 10dan ortiq tayyor qoliblar bor. Bu qoliblardan biri tanlab, titul betning o`zgaruvchan xossalarini kiritish lozim. Masalan, hujjatning nomlanishi, yil, qisqacha mazmuni va boshqalar. [Пустая страницы] bo`sh betlarni joylashtiradi. Kursor turgan joriy betdan so`ng yangi bo`sh bet joylashtiradi. [Разрыв страницы] betlar orasida uzilish o`rnatish yoki yangi bet yaratish. 2. Jadvallar bo`limidan hujjatda turli usullar bilan jadval o`rnatish, chizish mumkin. Bu bo`limda asosan 1 ta buyruq bo`lib, unga sichqoncha bosilganda ekranda muloqot oynasi hosil bo`ladi (8.4-rasm). Muloqot oynasida jadvalni 6 xil usulda yaratish yo`llari ko`rsatilgan. 1- usul – bu jadvaldagi qator va ustunlar soni bilan yaratiladi. Bu usul bilan 10x9 o`lchamli jadvalgacha yaratish mumkin. Buning uchun kerakli qator va ustunlar soni tanlanadi va hujjatda jadval hosil bo`ladi. Masalan, 5x5 yani 5 qator va 5 ta ustunli jadval yaratish talab qilingan bo`lsin. Buning uchun sichqoncha yordamida 5 ta qator va 5 ta ustun tanlanadi. Jadvallarning qator va ustunlari avtomatik ravishda yaratiladi. 2- usul – [Вставить таблицу] jadval qo`yish bo`lib, ixtiyoriy o`lchamdagi jadvalni yaratish imkoniyatini beradi. Bu buyruq tanlanganda ekranga [вставка таблицы] muloqot oynasi chiqadi. Muloqot oynada jadvalning va qator, ustunlarning o`lchami tanlanadi. 3- usul – [нарисовать таблицу] jadval chizish bo`lib, tanlanganda kursor o`rnida qalam hosil bo`ladi. Qalam bilan ixtiyoriy jadvalni chizish mumkin. Bu usulda avval jadvalning chegarasi chiziladi va qator, ustunlar ketma-ket chiziladi. 4- usul – [преобразовать в таблицу] jadvalga akslantirish bo`lib, ma`lum bir qoida asosida yozilgan matnlarni jadval ko`rinishiga o`tkazish. Matnni Download 7.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling