Информатика
-rasm. Microsoft Excel dasturining oynasi
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
8.16-rasm. Microsoft Excel dasturining oynasi.
Microsoft Excel 2007 (Excel) asosan hisob – kitob ishlari, ma`lumotlarning turli ko`rinishlari, ma`lumotlarni qayta ishlash, saralash kabi amallarni bajarishga mo`ljallangan. Excelning oynasi Word oynasi kabi 4 qismdan iborat. Bular: Sarlavha satri, lentalar, ishchi maydon va holat satri. Sarlavha va holat satri xuddi word dasturiniki bilan bir xil. Shuning uchun bu qismlarga to`xtalib o`tmaymiz. Excelda tayyorlanadigan hujjat ishchi kitob deb nomlanadi. Ishchi kitob o`z navbatida varaqlardan iborat bo`ladi. Dastur oynasining ishchi maydonida ishchi kitob bilan ishlash uchun qulay bo`lgan vositalar joylashgan. Ishchi maydon asosan yacheykalardan iborat. Yacheykalar esa ustun va qatorning kesishmasidan tashkil topgan. Excelda hammasi bo`lib qatorlar soni 1048576=2 20 ta bo`lib, ular raqamlar bilan tartiblanadi. So`nggi qatorga o`tish uchun [Ctrl] + [ ] tugmachalar majmuasi bosiladi. Ustunlar soni esa 16384=2 14 ta bo`lib, lotin harflari bilan belgilanadi. So`ngi ustunga o`tish uchun [Ctrl]+[ ] tugmachalar majmuasi bosiladi. Excelda hammasi bo`lib 17179869184 = 2 34 ta yacheykalar bor. Har bir yacheyka o`z nomiga ega. Masalan, A4, D11. A4 – A nomli ustunning 4 qator degan ma`noni beradi va biz bu yacheykaga doimo A4 deb murojaat etamiz. Ishchi kitobda tezkorning quvvati yetguncha varaqlarni yaratish mumkin. Avtomatik tarzda 3 ta 363 varaq yaratiladi. Ustunlarning maksimal uzunligi 255 ta belgi, qatorlarning maksimal balandligi 409 yozuv o`lchami. Har bir varaqda 1026 ta vertikal va gorizontal chiziqlar bor bo`lib, 38117488 ta bet bor. Har betda 450ta yacheyka bor. Har bir yacheykada 32767 ta belgini yozish mumkin. Ishchi kitobda 16 million xil rangdan ya`ni 32 bitli ranglar to`plami va 24 bitli ranglar to`plamidan to`liq foydalanish mumkin. ishchi kitobdagi betlarni varaqlaydi. [ |◄] belgisi birinchi varaqqa o`tish, [◄] bitta oldingi, [►] bitta keyingi va [►|] oxirgi varaqqa o`tish uchun ishlatiladi. Excelning lentalari Wordning lentalaridan farqli ravishda 7ta bo`lib, ularga: [Главная] bosh lenta, [Вставка] ob`yektlarni o`rnatish, [Рaзметка страницы] bet xususiyatlari, [Формулы] formulalar, [Данные] ma`lumotlar, [Рецензтрование] taqrizlash, [Вид] ko`rinish lentalaridir. 1. Bosh lenta 7 ta bo`limdan iborat bo`lib, windows cho`ntagi, matn yozuvlari, matnlarni tekislash va yacheykaga joylashtirish, yacheykani formatlash, stillar, yacheykani shartli formatlash, yacheykalar qo`shish, o`chrish va tahrirlash amallarini bajarish uchun mo`ljallangan. 2. Ob`yektlarni joylashtirish lentasi yordamida jadvallarni ko`chirish, ko`rgazmali rasmlarni, diagrammalar, aloqalar, ob`yektli matnlarini joylashtirishimiz mumkin. 3. Bet xususiyatlari lentasida ishchi kitobning varaqlari betlari uchun temalar, bet parametrlari, chegaralari, o`lchamlari, turlarini tanlash mumkin. 4. Formulalar lentasi yordamida turli hisob-kitoblarni bajarish uchun formulalar kategoriyalarini tanlash, formulalar kutubxonasi, maydonlarni nomlash, maxsus hisoblash formulalar jarayoni bilan ishlash imkoniyatlari bor. 364 5. Ma`lumotlar lentasidan ichki ma`lumotlarni joylashtirish, ma`lumotlar bilan bog`lanish, ma`lumotlarni saralash, ma`lumotlar bilan ishlash kabi amallarni bajarish uchun mo`ljallangan. 6. Taqrizlash lentasida ma`lumotlarning to`g`ri yozilganligini tekshirish, izohlar yaratish, ishchi kitob varaqlarini himoyalash kabi amallarni bajarish mumkin. 7. Ko`rinish lentasida varaqlarning ko`rinishi, maxsus elementlarni ko`rsatish yoki yashirish, varaqning masshtabini aniqlash va o`zgartirish, Excel oynalari bilan ishlash va makroslar yaratish imkoniyatlari mavjud. Lentalar bilan ishlash foydalanuvchiga katta qulayliklar yaratib beradi. Sichqonchasiz ham lentalardan foydalanib bo`ladi xuddi Worddagi kabi. Download 7.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling