Информатика
Mustahkamlash uchun savollar
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.5. Yacheyka va jadvalni formatlash Muhim so`zlar
Mustahkamlash uchun savollar.
1. MS Excel qanday dastur? 2. MS Excelning unterfeysini tushuntirib bering. 3. Ishchi kitob va varaqning farqi bormi ? 4. Qatorlar qanday nomlanadi ? 5. MS Excel dasturida nechta qator bor ? 6. Ishchi kitobdagi bet qanday hisoblanadi ? 7. MS Excelda necha xil rangdan foydalaniladi ? 8. Excelda nechta lenta bor ? 9. Ma`lumotlar lentasining vazifasini ayting. 10. Lentalarda sichqonchasiz qanday ishlash mumkin ? 365 8.5. Yacheyka va jadvalni formatlash Muhim so`zlar: yacheyka, qator,ustun qo`shish,o`chirish,muloqot oynasi, varaq, shablon, himoyalash, formatlash, format turlari. Bilib olasiz: yacheyka, qator, ustun qo`shish, o`chirish, balandligi va uzunligini sozlash, yangi varaq, diagramma, shablon qo`shish,varaq ustida bajariladigan amallar (nomlash, qayta nomlash, …), varaqni, ishchi kitobni himoyalash, eslatma, izoh lar bilan ishlash, yacheykani formatlash usullarini. Microsoft Excelda yacheyka qo`shish uchun qator va ustun qo`shish kеrak bo`ladi. Sichqon yordamida juda oson varaqqa yacheyka qo`shish mumkin. Buning uchun yacheyka qo`shilishi kеrak bo`lgan joyga sichqon olib kеlinadi va yacheyka tanlanadi. Sichqonning o`ng tugmasi bosilib, ekranga lokal muloqot oynasi chiqadi. Oynadan [вставить] buyrug`i tanlanadi va ekranga [Добавление ячеек] muloqot oynasi chiqadi (8.17- rasm). 8.17-rasmdan ko`rinib turibdiki, yacheyka qo`shishning 4 xil turi bor: 1) [ячейки, со сдвигом вправо] - o`ngga harakat bilan, yacheyka qo`shish. 2) [ячейки, со сдвигом вниз] - pastga harakat bilan, yacheyka qo`shish. 3) [строку] - qator 4) [столбец] - ustun. 4 turdan kеraklisini tanlab, [OK] tugmasi bosilsa, varaqqa albatta yacheyka qo`shiladi. Sichqonsiz bajarish uchun esa bosh lentaning [ячейки] bo`limidan [вставить] buyrug`ining [вставить ячейки] buyrug`idan foydalaniladi. Qator balandligini o`zgartirish uchun kеrakli qatorni tanlash lozim. Tanlangan qatorning ustiga sichqonning o`ng tugmasi bosilib, [высота строки] buyrug`i tanlanadi va ekranga [высота строки] muloqot oynasi chiqadi. [высота строки] dеgan joyga kеrakli balandlikni kiritib, [OK] tugmasi bosiladi. Shunday qilib, qatorning balandligi o`zgaradi . Sichqonsiz bajarish uchun esa bosh lentaning yacheyka bo`limidan [формат] buyrug`iga kirib, Download 7.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling