Информатика


Ma`lumotlarni saralash va jamlash


Download 7.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/300
Sana25.08.2023
Hajmi7.16 Mb.
#1670002
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   300
Bog'liq
informatika Mominov

8.8. Ma`lumotlarni saralash va jamlash. 

Muhim so`zlar: ma`lumot, saralash, jamlash, tartiblash, ma`lumot 
tuzilishi, dublikat, filtr. 

Bilib olasiz: Excelda so`zlar,sonlar bilan ishlash, yacheykada 
kiritilayotgan ma`lumotni tekshirish, ma`lumotlarni saralash, tartiblash, jamlash 
usullarini.
Excelda ma`lumotlar bilan ishlash uchun [Данные] lentasi mavjud. Bu 
lentada [Поличить внешние данные] tashqi ma`lumotlarni olish, [Подключения] 
bog`lanish, [Сортировка и фильтр] saralash va filtrlash, [Работа с данными] 
malumotlar bilan ishlash, [Структура] oynaning tuzilishi kabi bo`limlar bor.  
Ma`lumotlar bilan ishlash bo`limida 5 ta buyruq bor. [Текст по столбцам] 
buyrug`i bitta yacheykada yozilgan so`zlarni ustunlarga so`z-so`z qilib olish. 
Masalan, bitta yacheykada ―Bir ikki uch‖ matnnini kiriting va buyruqni tanlang. 
Natijada ekranga matnlar ustasi chiqadi. Bu uch qadamdan iborat. Qadamlar 
bajarilgandan so`ng oldingi matnning har bir so`zi alohida – alohida ustunga 
o`tadi. 
[Удалить 
дубликаты] 
tanlangan maydondagi nusxasi bor 
elementlarni o`chirish. Masalan, bitta 
ustunda sonlar qatorini kiriting va bu 
qatorda takrorlanuvchi sonlar bo`lsin. 
So`ng 
[Удалить 
дубликаты] 
buyrug`ini tanlang va ustunda faqat 
sonlarning 

nusxasi 
qoladi.
[Проверка 
данных] 
yacheykaga 
8.38-rasm. Ma`lumotlarni kiritishni 
tekshirish 


388 
kiritilayotgan ma`lumotni tekshirish uchun foydalaniladi. Bu buyruq oddiy 
foydalanuvchilarga tayyor qoliblarga ma`lumotni kiritish uchun qo`l keladi. 
Masalan, A ustunda faqat ikki xonali sonni kiritish talab qilingan bo`lsin. Buning 
uchun A ustunni tanlaymiz va [Проверка данных]ga murojaat etamiz. Ekranga 
[Проверка вводимых значений] muloqot oynasi chiqadi. 
Bu muloqot oyna 3 qismdan iborat bo`lib. [Параметры] bo`limida kiritilishi 
kerak bo`lgan ma`lumot turi tanlaniladi. Masalan, ma`lumot turiga [Тип данных] 
butun son [Целое число], ma`nosi (qiymati)ga [значение] oraliq [между] ni 
tanlasak, minimum [Минимум] va maksimum [Максимум] lar hosil bo`ladi. 
Ularga eng kichik va eng katta ikki xonali sonlarni kritamiz. [Сообщение для 
ввода] bo`limga o`tib, matn kiritish uchun xabar sarlavhasi va matnnini kiritish 
mumkin. Masalan, ―Diqqat‖, ―Ikki xonali sonni kirit!‖. [Сообщение об ощибке] 
bo`limiga o`tsak, xatolik haqidagi xabar sarlavhasi va matnini kiritish mumkin. 
Xatolar haqidagi xabarning uch turi mavjud: [Останов] to`xta – ma`lumotni qat`iy 
qoida asosida kiritishni talab etadi, [Предупрeждение] ogohlantirish –ma`lumot 
xato kiritilganligi haqida xabar beradi va foydalanuvchiga tanlash imkoniyatini 
yaratadi, [Сообщение] xabar – ma`lumot xato kiritilganligi haqida xabar beradi.
[Структура] oynaning tuzilishi tayyorlash uchun mo`ljallangan. 
[Группировать] qatorlarni (ustunlarni) guruhlash. 
[Разгруппировать] 
yaratilgan guruhlashni o`chirish. Excel oynasining tuzilishini ko`ring. 

Download 7.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling