Информатика
-rasm. Power Point dasturining oynasi
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.44-rasm. Holat satrini sozlash
8.43-rasm. Power Point dasturining oynasi
PPoint ning interfeysi Excel interfeysi kabi 4 ta qismdan iborat. 1. Sarlavha qatori – tayyorlanayotgan taqdimot faylning nomi yoziladi. Tez ishga tushirish buyruqlar lentasi va windowsning 3 ta tizimli tugmasi joylashgan. 2. Lentalar – taqdimotlarni yaratish va tahrirlash uchun qo`l keladigan 7 ta lentadan iborat. Ular: - [Главная] bosh lenta. – [Вставка] ob`yektarni qo`yish, o`rnatish lentasi. – [Дизайн] taqdimot mavzusiga mos ko`rgazmali ko`rinishlarni tanlash. – [Анимация] ob`yektlarga harakat berish. – [Показ слайдов] taqdimotdagi slaydlarning ko`rinishlarini sozlash. –[ Рецензирование] taqrizlash lentasi . – [вид] ko`rinish lentasi. 392 3. Ishchi maydon – PPointning ishchi maydon uch qismdan iborat bo`lib, foydalanuvchilar uchun juda qulaydir. Chap tomonda taqdimot faylning slaydlari va uning tuzilish aks ettiriladi. Chap tomonda slaydlar uchun turli shablonlardan foydalanish oynalari aks ettiriladi. 4. Holat satri – PPointning ishchi maydoni holatidagi ma`lumotlar. Masalan, slaydlar soni, so`zlarni ilovaga tekshirish, slaydning ko`rinishi kabilar. PPointning holat satridagi vazifalar quyidagi rasmga keltirilgan. 8.44-rasm. Holat satrini sozlash Rasmda tasvirlangan lokal menyuni chiqarish uchun holat satrida sichqonchaning o`ng tugmasini bosamiz. Foydalanuvchi holat satrini o`ziga mos qilib tayyorlab olishi mumkin. [Ярлыки режимов просмотра] buyrug`ida slaydlarni ko`rish uchun 3 ta buyruq bor. Ular ( ) slaydlarni oddiy ko`rinishi, slaydlarni saralash, slaydlarni ko`rishdir. Bu buyruqlar foydalanuvchi tomonidan juda ko`p ishlatiladi. PPointning ko`rinish [Вид] lentasi bilan tanishib chiqamiz. Lentada [Режимы просмотра презентации] slaydlarni ko`rish rejimi, [Показать или скрыть] ishchi maydon elementlarini ko`rsatish yoki yashirish, [Масштаб] masshtab, [Цвет или оттенки серого] slaydning rangli va rangsiz rejimlari, [Окно] oynalar, [макросы] makroslar kabi bo`limlar bor. Ko`rinish oynasining eng asosiy vazifasi taqdimotning tuzilishi bilan ishlash. Taqdimotdagi salydlarning foydalanuvchi uchun turli xil ko`rinish va tuzilishlari bor. [Обычный] oddiy ko`rinish – bunda tadimotning slaydi ishchi maydonda joylashgan, chap qismida esa slaydlarning navbatma-navbat ko`rinishi va tuzilishini ko`rish mumkin. [Сортировщик слайдов] slaydlarni saralash – bunda 393 slaydlarni o`rnini almashtirish imkoniyati mavjud. [Страницы заметок] Slaydlarning mazmunini qayd qilish uchun maydon ochiladi (har bir slayd uchun alohida). Slayd namoyish qilinganda bu qaydlar ko`rinmaydi. [Показ слайдов] – slaydlarni ko`rish. [Образец слайдов] – slaydlarning tayyor shablonlaridan foydalanish. [Образец выдач] – slaydlarni chop qilish usullari aks ettirilgan ko`rinish. [Образец заметок] – Qayd qilish uchun tayyor shablonlardan foydalanish. Bu buyruqlar tanlanganda har biri uchun alohida ishlash lentalari hosil bo`ladi. Download 7.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling