Информатика
Ma`lumotlarni saralash va jamlash
Download 7.16 Mb. Pdf ko'rish
|
informatika Mominov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.38-rasm. Ma`lumotlarni kiritishni tekshirish
8.8. Ma`lumotlarni saralash va jamlash.
Muhim so`zlar: ma`lumot, saralash, jamlash, tartiblash, ma`lumot tuzilishi, dublikat, filtr. Bilib olasiz: Excelda so`zlar,sonlar bilan ishlash, yacheykada kiritilayotgan ma`lumotni tekshirish, ma`lumotlarni saralash, tartiblash, jamlash usullarini. Excelda ma`lumotlar bilan ishlash uchun [Данные] lentasi mavjud. Bu lentada [Поличить внешние данные] tashqi ma`lumotlarni olish, [Подключения] bog`lanish, [Сортировка и фильтр] saralash va filtrlash, [Работа с данными] malumotlar bilan ishlash, [Структура] oynaning tuzilishi kabi bo`limlar bor. Ma`lumotlar bilan ishlash bo`limida 5 ta buyruq bor. [Текст по столбцам] buyrug`i bitta yacheykada yozilgan so`zlarni ustunlarga so`z-so`z qilib olish. Masalan, bitta yacheykada ―Bir ikki uch‖ matnnini kiriting va buyruqni tanlang. Natijada ekranga matnlar ustasi chiqadi. Bu uch qadamdan iborat. Qadamlar bajarilgandan so`ng oldingi matnning har bir so`zi alohida – alohida ustunga o`tadi. [Удалить дубликаты] tanlangan maydondagi nusxasi bor elementlarni o`chirish. Masalan, bitta ustunda sonlar qatorini kiriting va bu qatorda takrorlanuvchi sonlar bo`lsin. So`ng [Удалить дубликаты] buyrug`ini tanlang va ustunda faqat sonlarning 1 nusxasi qoladi. [Проверка данных] yacheykaga 8.38-rasm. Ma`lumotlarni kiritishni tekshirish 388 kiritilayotgan ma`lumotni tekshirish uchun foydalaniladi. Bu buyruq oddiy foydalanuvchilarga tayyor qoliblarga ma`lumotni kiritish uchun qo`l keladi. Masalan, A ustunda faqat ikki xonali sonni kiritish talab qilingan bo`lsin. Buning uchun A ustunni tanlaymiz va [Проверка данных]ga murojaat etamiz. Ekranga [Проверка вводимых значений] muloqot oynasi chiqadi. Bu muloqot oyna 3 qismdan iborat bo`lib. [Параметры] bo`limida kiritilishi kerak bo`lgan ma`lumot turi tanlaniladi. Masalan, ma`lumot turiga [Тип данных] butun son [Целое число], ma`nosi (qiymati)ga [значение] oraliq [между] ni tanlasak, minimum [Минимум] va maksimum [Максимум] lar hosil bo`ladi. Ularga eng kichik va eng katta ikki xonali sonlarni kritamiz. [Сообщение для ввода] bo`limga o`tib, matn kiritish uchun xabar sarlavhasi va matnnini kiritish mumkin. Masalan, ―Diqqat‖, ―Ikki xonali sonni kirit!‖. [Сообщение об ощибке] bo`limiga o`tsak, xatolik haqidagi xabar sarlavhasi va matnini kiritish mumkin. Xatolar haqidagi xabarning uch turi mavjud: [Останов] to`xta – ma`lumotni qat`iy qoida asosida kiritishni talab etadi, [Предупрeждение] ogohlantirish –ma`lumot xato kiritilganligi haqida xabar beradi va foydalanuvchiga tanlash imkoniyatini yaratadi, [Сообщение] xabar – ma`lumot xato kiritilganligi haqida xabar beradi. [Структура] oynaning tuzilishi tayyorlash uchun mo`ljallangan. [Группировать] qatorlarni (ustunlarni) guruhlash. [Разгруппировать] yaratilgan guruhlashni o`chirish. Excel oynasining tuzilishini ko`ring. Download 7.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling