511
[a,b] oraliqni n bo`lakka bo`lamiz va uni h bilan belgilaymiz (x
i
=a+h*i). Bunga I
ning qiymatlari 0 dan n gacha o`zgaradi. So`ng [Math]
[Graph] asboblar
panelidan [x-y plot] ni tanlaymiz va x o`qiga x
i
yozuvini kiritamiz, y o`qiga f(x),
g(x) funksiyalarni kiritamiz.
10.14-rasm. Cos(x) va sin(x) grafigi
Mathcadda tenglamalar sistemasining yechimlarini grafik ko`rinishda topish
uchun ham qulaydir. Quyidagicha tenglamalar sistemasi berilgan bo`lsin.
(1) tenglamalar sistemasining yechimi x=0 da o`rinlidir. (1)
sistemasini grafiklar usuli
bilan yechish uchun (1) sistemadagi birinchi tenglamani f(x), ikkinchi tenglamani g(x) ga
o`zlashtiramiz va x ning qiymatlarini -10 va 10 oraliqda olamiz. Dekart koordinataga ularning
grafiklarini chizamiz. Grafiklarning kesishgan nuqtasini yaqqol ko`rish uchun grafik
chegaralarini o`zgartiramiz.
512
10.15-rasm. Grafiklar ko`rinishi
Vektorli grafiklarni chizish uchun Mathcad V o`zgaruvchisi
bilan vektor
aniqlaymiz. So`ng vektorning elementlarini diag(V) buyrug`i orqali matritsa
ko`rinishiga o`tkazamiz va M bilan belgilaymiz. Mathcadning [Insert] bo`limidan
[Graph]
[Vector Flied Plot] Buyruqlar ketma - ketligi bajariladi.
Ishchi stolda
grafik chizish uchun maydon hosil bo`ladi va unga M matritsani ko`rsatamiz.
Grafikda vektor elementlarining ishorasi va qiymatiga qarab vektorli grafik hosil
bo`ladi (10.15 -rasmga qarang).
10.16-rasm. Vektorli va Polyar koordinatalarga doir grafik.
513
Polyar koordinatada grafiklarni tasvirlash
uchun Bernulli lemniskati
formulasini olish mumkin. Bu formulada biror – bir o`zgaruvchini parameter
sifatida kiritamiz. Mathcadda [Insert]
[Graph]
[Polar Plot]
Buyruqlar ketma-
ketligini bajarib, ekranga grafik chizish uchun maydon hosil qilinadi. So`ng shu
maydonda parametr va shu parametrda bog`liq bo`lgan Bernulli lemsikatining
formulasi ko`rsatiladi (10.16-rasmga qarang).
Mathcadda grafiklarning qolgan turlariga oid grafiklarni
tayyorlash uchun
misollar keltiramiz (10.17, 10.18, 10.19-rasmlar).
Do'stlaringiz bilan baham: