Информатика


Mustahkamlash uchun savollar


Download 7.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/300
Sana25.08.2023
Hajmi7.16 Mb.
#1670002
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   300
Bog'liq
informatika Mominov

 Mustahkamlash uchun savollar.  
1. Simplify operatorining vazifasi nima ? 
2. Mapleda berilgan amalda qavslarni ochish uchun qaysi operatordan 
foydalanamiz ? 
3. Factor operatori qanday amalni bajaradi ? 
4. Combine operatori qanday amalni bajaradi ? 
5. Sub() operatori qanday amalni bajaradi ? 
6. Funksiya qanday aniqlanadi ? 
7. Mapleda kvadrat tenglamani yechib ko`rsating ? 
8. Tenglamalar sistemasini yechib mapleda yechib bo`ladimi ? 
9. Solve nima vazifani bajaradi ? 
10. Mapleda tengsizlikni yechishga misol keltiring ?
10.9. Grafiklarni chizish 

Muhim so`zlar: grafik, Plot, Plot3D, dekart koordinata, uch o`lcovli 
koordinata, funksiya, vektor.

Bilib olasiz: Mapledagrafiklar yaratish, Plot va Plot3D operatorlari
dekart koordinata va uch o`lcovli koordinatalarda funksiya va vektorlarni 
grafigini chizish va tahrirlash. 
Maple dasturida geometrik shakl va figuralarni chizishning ko`p variantlari 
bor. Hozir asosan funksiyalarning grafiklarini tayyorlash va tahrirlash bilan 
shug`ullanamiz. Cos(x) funksiyaning grafik ko`rinish esingizdan chiqqan bo`lsa, 
tezda Maple dasturiga kiring va quyidagi ketma-ketlikni bajaring. 
1. Qatorga cos(x); ni yozing; 
2. Maydonda cos(x) hosil bo`ladi va uni tanlab, sichqonchaning o`ng tugmasini 
bosing; 
3. Local menyudan [Plots]->[2-D Plot] ni tanlang va cos(x)ning grafigi tayyor. 


537 
Local menyu yordamida yaratilgan grafiklar smart-qulaylik deb yuritiladi. 
Grafikning o`zi esa smart-grafik deb aytiladi. Bu qulaylik yordamida grafiklarni 
tayyorlashning kamchliklari mavjuddir. Grafikdagi Live yozuvi grafikda sozlash 
va grafik chizishni davom ettirishni bildiradi. Buni ko`rish uchun shu grafikda 
yana bir funksiyaning grafigini chizish talab qilingan bo`lsin. Masalan, sin(x) 
funksiya grafigi.
Bu ishni amalga oshirish uchun buyruqlar qatoriga sin(x) ni yozamiz va 
ekranda sin(x) hosil bo`ladi. sin(x) ni sichqoncha bilan tanlab, qo`yvormasdan 
grafik ustida olib kelib, qo`yvoramiz va natijani ko`ramiz. Agar jarayon to`g`ri 
bajarilgan bo`lsa grafikda cos(x), sin(x) funksiyalarning grafiklari hosil bo`ladi. 
Funksiyalarni grafik maydonga olib o`tishda [Ctrl] foydalanish qulaydir. 
Agar grafikdan ikkinchi bir funksiyaning grafigini olib tashlash kerak bo`lsa, 
grafik maydonda kelib, grafik chiziqlari tanlanadi. Sichqonchani qo`yvormasdan 
chetga tortiladi. 


538 
Odatda grafiklarni chizishda plot() operatoridan foydalaniladi. Plot 
operatorining umumiy ko`rinish quyidagicha: 
Plot(funksiya, gorizontal o`q qiymatlari, vertikal o`q qiymatlari, chiziq 
rangi, chiziq qalinligi); 
Gorizontal o`q qiymatlari odatda x=xmin…xmax ko`rinishida. Vertical o`q 
qiymatlari y=ymin…ymax ko`rinishda. Agar ikkita o`q bo`yicha qiymatlar ketma-
ket kiritilsa x=xmin…xmax, ymin…ymax ko`rinishida beriladi. Grafik rangi color 
so`zi bilan aniqlanadi. Maple dasturida 25 xil rang bor (green, red, blue, grey, …). 
Grafik rangi color=red kabi aniqlanadi. Grafik chiziqlarining qalinligi thickness 
so`zi bilan aniqlanadi. Maple dasturida 15 ta chiziq turlari bor. Grafikda chiziq turi 
thickness = 2 ko`rinishda aniqlanadi. Grafik rangi va chiziq qalinligini grafik 
chizishda berish shart emas. Masalan, 
Grafik chizilgandan so`ng uni tanlasak, to`rt tomoni chegaralanadi va shu 
chegaralar yordamida grafikni kichiklashtirish va kattalashtirish mumkin. Agar 
grafikning rangini va chiziqni o`zgartirmoqchi bo`lsangiz, formuladan o`zgartirib, 
[Enter] tugmasini bosish kerak. 
Yana bir grafik tayyorlashga misol.
funksiya 
grafigini tayyorlang.


Download 7.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   300




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling