32. A2 Matematika fanini o‘rganishning tayanch darajasi kimlarga beriladi
*a) Umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari
b) Matematika fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining 9-sinf bitiruvchilari
c) Matematika fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta'lim muassasalarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari
d) Umumta'lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari
33. Milliy va umummadaniy kompetensiyalarga nimalar kiradi
*a) vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo‘lish, badiiy va san'at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish laѐqatlarini shakllantirish.
b) doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma'naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish
c) ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish
d) jamiyatda bo‘layotgan voqyea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat vafuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish
34. Shaxsga axloqiy, estetik, ekologik tarbiya berish, Vatanga sadoqat, mehnatni ulug‘lash, do‘stona munosabatni tarbiyalash sifatlari qaysi maqsadda e'tiborga olinadi?
*a) Tarbiyaviy
b) Ta'limiy
c) Rivojlantiruvchi
d) Ilmiy
35.Kompetensiyaviy yondashuvning asosiy maqsadi nima?
*a) maktab bitiruvchisining ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berishdan iborat.
b) O‘quvchilarni matematik qobiliyatini o‘stirish
c) Maktab bitiruvchisini dunyo qarashini kengaytirish
d) O‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatish
Do'stlaringiz bilan baham: |