Informatika va at


Download 187.5 Kb.
bet3/11
Sana08.01.2022
Hajmi187.5 Kb.
#246970
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan maqsad ta`lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o’zlashtirishida bo’shliqlar hosil bo’lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.


Talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.

Har bir fan bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball nazorat turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi:



  • yakuniy nazoratga – 30 ball;

  • joriy va oraliq nazoratlarga – 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).

Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi na’munaviy mezonlar tavsiya etiladi:

a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagi talablarga javob berishi lozim:



b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • fanning mazmunini bilish, aytib bera olish;

  • tasavvurga ega bo’lish;

  • hodisaning mohiyatini tushunish;

  • mustaqil mushohada yurita olish;

  • olingan bilimlarni amalda qo’llay olish.

c) 55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning mazmunini bilish, aytib bera olish;

  • hodisaning mohiyatini tushunish;

  • tasavvurga ega bo’lish.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-54 ball bilan baholanishi mumkin:

  • aniq tasavvurga ega bo’lmaslik;

  • bilmaslik.

Talabaning fan bo’yicha bir semestdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda:



V– semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda);

–fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda).

Masalan, 5610100 – Ba`zi yo’nalishda semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi 154 soat, talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi 78 ball bo’lsa, fan bo’yicha talabaning reytingi



Fan bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55 foizi saralash bali hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to’plagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi.

Joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha umumiy (100) balldan 55 va undan yuqori balni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo’l qo’yiladi.

Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig’indisiga teng.

Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida, yakuniy nazorat esa semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida jadval bo’yicha o’tkaziladi.

Talaba fan bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni ushbu fan bo’yicha to’plagan ballari umumlashtirilishiga qadar topshirishi shart.

Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.

Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakul’tet dekani farmoyishi asosida, o’qishni boshlaganidan so’ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.

Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha to’plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo’lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo’yicha to’plagan ballari yig’indisi 55 baldan kam bo’lsa, akademik qarzdor hisoblanadi.

Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o’zlashtira olmagan talaba, fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.

Talaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha nazorat turi natijalari e`lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakul’tet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakul’tet dekanining taqdimnomasiga ko’ra rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a`zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.




Download 187.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling