Taktik modellar - boshkaruvchilar tomonidan mavjud zaxiralardan foydalanishni
taksimlash va nazorat qilish uchun kulaniladi.
Katalog - Fayllar nomi, xajmi, yozilgan vaqti kabi ma’lumotlarni saqlovchi diskdagi
maxsus joy.
Kengaytgich - Faylning mazmunini tasvirlaydi. Kengaytgich nomiga qarab, faylning
qanday programmaga mansubligini aniqlasa bo‘ladi.
Avtotaxrirlagich - Matnni kiritish jarayonida ayrim xolatlar tez-tez takrorlanadi. Bu
xolatlarni matn kiritilayotganda avtomat ravishda to‘g‘rilash mumkin. Bu amal
avtotaxrirlash deb ataladi va uni avtotaxrirlagich bajaradi.
Adapter - Kompyuter qo‘shimcha qurilmalari ishini boshqaruvchi elektron sxema, uni
kontroller deb xam ataladi.
Antivirus - Viruslarni aniqlovchi va ulardan kompyuterni tozalovchi maxsus
programma.
Arxivdan tiklash - Faylni arxivli fayldan qayta tiklash.
Registrlar-turli uzunlikdagi tez xarakatlanuvchi xotira uyachalaridir.
Mikroprosessorning interfes tizimi- ShKning boshqa moslamalar bilan bog‘liqligi va
aloqasini amalga oshiradi.
Ma’lumotlarni aks ettirish - ma’lumotlarni inson qabul qilishi uchun foydali shaklda
taqdim etish.
Multimedia vositalari - bu insonga o‘zi uchun tabiy muxit: tovush, video, grafika,
matnlar va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqotda bo‘lishga imkon
beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Texnologik jarayon - bu xarakatlarni bajarish uchun zarur bulgan vosita va zaxiralar,
ularning izchilligi , xatti xarakatlarini belgilaydi.
Avtomatlashtirlgan axborot texnologiyalari (AATex) - boshqaruv vazifalarini xal
qilish uchun rivojlangan dasturiy ta’minlanish, xisoblash texnikasi va aloqaning
foydalanilgan vositalari xamda axborotlarni mijozlarga taklif qilishning
usullarini qo‘llash asosida axborotlarni yig‘ish, ruyxatga olish, uzatish, jamlash,
qidirish, ishlab chiqish operatsiyalarini amalga oshirish usullari va vositalarning
tizimli tashkil kilingan majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |