Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ta’lim mazmuni hajmi


Download 389.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana04.10.2023
Hajmi389.77 Kb.
#1692030
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ta’lim mazmuni hajmi

2.Guruhlarni shakllantirish. Mavzu tanlanganidan keyin shu mavzu bahs 
munozarasi olib boriladigan guruh shakllantiriladi. Guruhni shakllantirish turli 
zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan foydalanib, teskari qaratilgan 1 va 2 
yozilgan kartochkalarni tortish, jurnaldagi nomerlarni toq va juft raqamlarga 
ajratish, guruhdan 2 ta iqtidorli talabani tanlab ular yordamida o‘z guruhlarini 
shakllantirishga erishish va h.k. Bahs munozara mavzusi bo‘yicha bir guruh fikrni 
qo‘llab quvvatlovchilar, ikkinchi guruh esa, ularga qarshi fikr yurituvchilar 
hisoblanadilar. 
Guruhdan so‘zga chiquvchilar va vaqtni belgilash. Guruhlar shakllanganidan so‘ng, 
guruh bilan kelishilgan holda guruh a’zolaridan kimlar qancha qancha vaqt 
davomida so‘zga chiqishlari belgilab olinadi.
E’lon qilish. Bahs munozara auditoridan tashqarida o‘tkazilayotganligini hisobga 
olib, uning o‘tkazilishi haqida e’lon muassasa e’lonlar doskasiga chiqariladi. 
Taklifnomalar tayyorlanib ta’lim muassasasi ma’muriyatiga, guruhlarga tarqatiladi 
1. Loyihani 
tayyorlash(konstruktorlik) bosqichi
O‘quvchilar bilan 
birgalikda mavzu bo‘yicha materiallarni yig‘adi, yig‘ilgan materialni vaqtga moslab, 


reja asosida nutqni yozadi, uni so‘zga chiquvchilarga taqsimlaydi. Masalan, 
“O‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak”: tarafdorlar va 
qarshilar” mavzusi yuzasidan 1-guruh- “Tarafdorlar” guruhidan Botirov O‘lmas 
“Internet salbiy jiqatlari” rejasida chiqish qilib, internet keng o‘quvchilar ommasiga 
kirib kelayotganligi bugungi kunda uning o‘quvchilar hayotida salbiy tomonlari 
ko‘pligini hisobga olib “O‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash 
kerak”ligiga ishontirishga harakat qiladi. 
Uning fikr mulohazalarini yoqlab Alimov Faxriddin, o‘quvchilar internetdan emas, 
ko‘proq kitoblar, darsliklardan foydalanib bilim olishlari ularning shaxsiy 
hayotlarini rivojlantirishiga hissa qo‘shishini takidlaydi, misollar keltiradi. 
“O‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak”ligi 2- 
“Qarshilar”guruhdan Samiyeva Nargiza “Internetning ijobiy tomonlari” rejasi 
bo‘yicha chiqish qilib, o‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak 
emas, ular ixtiyoriy vaqtda foydalanishga yo‘l qo‘yib berishni yoqlab chiqadi.
Shu guruhdan Abdiyeva Salima “O‘quvchilarning internetdan foydalanib 
erishayotgan yutuqlari” rejasida chiroyli, tizimli nutki bilan chiqish qilib, 
internetdan 
foydalanishni 
ta’qiqlash kerak emasligiga bahs munozara 
qatnashchilarini, ekspertlarni o‘z fikr mulohazalariga ishontirishga harakat qiladi. 
Ularning nutqi bir necha bor mashq qildiriladi. 
1. Har bir guruhdan “Tarafdorlar” va “Qarshilar” ning qo‘shimcha fikr 
mulohazalari tinglanadi. 
2. O‘qituvchi ekspertlar tomonidan beriladigan namunaviy savollar 
ro‘yxatini tayyorlaydilar: 
3. Siz bilim olishda ko‘proq internetdan foydalanisizmi, kitoblardanmi? 
4. Internetdan butunlay foydalanish kerak emas deb o‘ylaysizmi? 
5. Internetdan 
foydalanuvchilarning 
barchasi yomon yo‘lga kirib 
ketishyaptimi? 
6. “Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo, zulmat izlaganga, zulmatdir dunyo” 
maqolini qanday tushunasiz?


7. Internet-qo‘shtirnoqsiz yoziladigan mo‘jiza-hikmatli so‘ziga sizning 
fikringiz va h.k. 
5. Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi. Bahs munozaraning 
texnologik xaritasi tayyorlanadi. O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini amalga oshirish 
jarayoni sifatida amalga oshiriladi. Bahs munozaraning loyihasini namunaviy 
ko‘rinishquyidagicha bo‘lishi mumkin (17.3-jadval). 
Bahs munozaraning loyihasi. (17.3-jadval) 

Download 389.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling