Soha fidoiylari bilan uchrashuvni loyihalashtirish. Informatika o‘qituvchisi
o‘quvchilarni o‘z faniga qiziqtirishi uchun darsdan tashqari tadbirlarda soha
fidoyilari, mehnat faxriylari bilan uchrashuvlarni tashkil etish lozim.
Informatika
o‘qituvchisi
soha fidoyilari bilan uchrashuvni loyihalashtirishi uchun quyidagicha
ish yuritadi:
Tayyorgarlik (izlanish) bosqichi. O‘quvchilarning uchrashishi lozim bo‘lgan
informatika sohasi mehnat faxriysi, fidoiylarini aniqlaydi:
Ismi sharifi, turar joyi,
qayerda yashashi, sog‘-salomatligi, uchrashuv joyini (ta’lim muassasasidami yoki
soha faxriysi uyidami), qaysi vaqtda uchrashuv belgilanishi va h.k.
Loyihani tayyorlash (konstruktorlik) bosqichi. Uchrashuvga nom tanlaydi. Nom
tanlashda chiroyli jarangdor fikr-mulohazalar (Kasbim-faxrim,
fidoyingmiz ona
Vatan)dan, maqollardan foydalanishi mumkin. “Mehnat insonni ulug‘laydi”,
“Mehnatning noni shirin”, “Mehnating qiyin bo‘lsa, yeganing shirin bo‘lar”,
“Mehnat baxt keltirar” va h.k.
Soha fidoiysi bilan uchrashuvning taklifnomasi va e’lonini tayyorlaydi,
tarqatadi,
e’lonni e’lonlar doskasiga osadi. O‘quvchilarni uchrashuvga tayyorlaydi: Guruh
bo‘lib
chiroyli guldasta, biror esdalik sovg‘asi olinadi. O‘quvchilar tomonidan
maqollar, she’r aytish, mehnat fidoiysiga beriladigan savollar tayyorlanadi. Masalan
[42]:
nega siz shu kasbni tanlagansiz?
kasbingizning ijobiy tomonlari nimada bo‘lgan?
ish jarayonida biror qiziqarli voqea sodir bo‘lganmi?
siz boshqatdan tug‘ilib qolsangiz yana shu kasbni tanlarmidingiz?
farzandlaringiz, nabiralaringizdan kasbingiz davomchilari bormi?
biz yoshlarga qanday tilaklaringiz bor va hokazo.