Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ta’lim mazmuni hajmi


Download 389.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana04.10.2023
Hajmi389.77 Kb.
#1692030
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ta’lim mazmuni hajmi



Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ta’lim mazmuni
hajmi 
Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish davlat 
siyosati darajasiga ko‘tarilganligi ta’lim tizimi sifatini yuqori saviyaga olib chiqishni 
talab etmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimida “Informatika” fani o‘qituvchisi faqatgina 
fan o‘qituvchisi emas, balki ta’limda va boshqaruvda axborot texnologiyalaridan 
foydalanishning samarali tashkil etuvchisi bo‘lib hisoblanadi. 
Axborot hajmining keskin kengayib borayotganligi o‘quvchilar chun ham, 
pedagoglar uchun ham fanni o‘rganishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan 
foydalanishni taqozo etadi. “Informatika” ta’limi jarayonida turli-tuman pedagogik 
texnologiyalardan foydalanib, samarali natijaga erishish uchun o‘qituvchi o‘zining 
pedagogik faoliyatini oldindan loyihalashtirishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Shuni hisobga olgan holda biz informatika o‘qituvchisining pedagogik faoliyatini 
bir butun model ko‘rinishiga keltirib oldik. 
Informatikani o‘qitishda foydalaniladigan texnologiyalar xilma-xil bo‘lib 
(ta’limda virtual texnologiyalar, o‘quv-biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan 
texnologiyalar, multimediali texnologiyalar, o‘quvchilar bilimini nazorat qiluvchi 
texnologiyalar, loyihaviy o‘qitish texnologiyalari ва ҳ.к.), qo‘llanmada bu 
texnologiyalar informatikani o‘qitish misolida batafsil yoritib berilgan.
Informatikani o‘qitish jarayonida ta’lim jarayonini loyihalashtirish muhim 
vazifa hisoblanib, o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatni loyihalashtirishi 
natijasida o‘quv jarayonini, darsdan tashqari mashg‘ulotlarni loyihalashtirish
bilimlarni nazorat qilish va baholashni loyihalashtirish, informatikani kasbga 
yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirishga erishilishi ilmiy tushunchalarga asoslanib 
ochib berilgan. 
Ushbu o‘quv qo‘llanma, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida 
faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, pedagoglar jamoasi, ilmiy 
tadqiqotchilar, magistr va bakalavrlar uchun zarur manba bo‘lib hisoblanadi. 

Download 389.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling