Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ta’lim mazmuni hajmi


Bahs munozara kechasini loyihalashtirish


Download 389.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana04.10.2023
Hajmi389.77 Kb.
#1692030
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ta’lim mazmuni hajmi

Bahs munozara kechasini loyihalashtirish. Bahs munozara kechalarini tashkil etish 
barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lgan ta’lim 
texnologiyasi hisoblanadi. Merriam Vebster lug‘atida bahs-munozara(debat) biror 
mavzu yuzasidan ma’lum qoidaga muvofiq “so‘z va dalillar raqobati”, rasmiy 
muhokamadir [97].
G‘arb olimi M.Zaleski fikriga ko‘ra bahs munozara (debat) berilgan topshiriq, 
mavzu yuzasidan ikki qarama-qarshi guruhning o‘z qarashlari, fikriga ishontira olish
musobaqasi, o‘yinidir. Bahs munozaraning natijasi ovoz berish yo‘li bilan 
aniqlanadi [67]. Asosiy e’tibor dalillarni chiroyli, rivojlangan nutq orqali ishonchli 
bayon etishga qaratiladi. 
M.Zaleskidan farqli ravishda rus olimi YE.I.Passov bahs munozara o‘yin 
bo‘lmasdan, halollik, raqibni hurmat qilish, yutqazuvchi tomonlar mavjud 
bo‘lmaganlik qonuniyatiga asoslangan munozara, fikr almashinuvi deb baholaydi. 
Ikki jamoa, guruh mavzu yuzasidan o‘z dalillarini to‘plangan ishonchli 
ma’lumotlariga asoslanib ekspertlarga bayon etadilar [73]. 
Informatika o‘qituvchisi bahs munozarani loyihalashtirishi uchun quyidagilarni 
amalga oshiradi. 
1. Tayyorgarlik (izlanish) bosqichi; O‘qituvchi mavzuni tanlaydi, guruhlarni 
shakllantiradi, so‘zga chiquvchilarni va vaqtni belgilaydi, E’lonni tayyorlaydi, 
tarqatadi. 
2. Loyihani tayyorlash(konstruktorlik) bosqichi; O‘quvchilar bilan birgalikda 
mavzu bo‘yicha materiallarni yig‘adi, nutqni yozadi, so‘zga chiquvchilarni 
taqsimlaydi, mashq qildiradi, ekspertlar tomonidan beriladigan namunaviy 
savollarni tayyorlaydi. 
3. Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi; Bahs munozarani o‘tkazadi. 
Ma’qul topsa bo‘lsa, chetdan o‘qituvchilarni, o‘quvchi, talabalar, ota-onalarni taklif 
qiladi. 
4. Yakunlovchi bosqich; Bahs munozaraga qatnashganlarni rag‘batlantiradi, 
ochiq qolgan savollarni umumlashtirib javoblar beriladi, qo‘shimchalar qilinadi. 


5.Xulosa va tavsiyalar berish bosqichi; O‘tkazilgan bahs munozara haqida xulosa 
qiladi: O‘qituvchi o‘zi uchun yutuq va kamchiliklarni belgilab oladi. Yutuqlarni 
ko‘paytirish, kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiyalar beradi. 
Yuqoridagi loyihalash bosqichiga asosan bahs munorzarani loyihasini tuzamiz. 
1.Bahs munozara uchun mavzu tanlash. Har bir bahs munozara mavzusi biror 
yo‘nalishdagi jarayonni ifodalashi, dolzarb va bahsli, munozarali masala mavjud 
bo‘lishi. Vaqt cheraralanganligini hisobga olib, mavzu keng qamrovli bo‘lmasligi, 
jarangdor 
bo‘lishi kerak. Masalan,
 O‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak: tarafdorlar va 
qarshilar. 
 “Internet-bolalar-ota-ona” muammosi yechiladimi? 
 Internet global yaxshilikmi? 
 Internetdan foydalanish uchun chet tilini bilish kerak: tasdiqlovchilar va 
qarshilar va h.k. 

Download 389.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling