Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ta’lim mazmuni hajmi
Download 389.77 Kb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan ta’lim mazmuni hajmi
Loyiha
bosqichi Jarayonning borishi O‘qituvchi faoliyati O‘quvchi faoliyati 1-bosqich Tayyorgarlik (izlanish) bosqichi Mavzuni tanlaydi, guruhlarni shakllantiradi, so‘zga chiquvchilarni va vaqtni belgilaydi, E’lonni tayyorlaydi, tarqatadi. Guruhni shakllantirishga ishtirok etadi. 2-bosqich Loyihani tayyorlash (konstruk- torlik) bosqichi O‘quvchilar bilan birgalikda mavzu bo‘yicha materiallarni yig‘adi, nutqni yozadi, so‘zga chiquvchilarni taqsimlaydi, mashq qildiradi, ekspertlar tomonidan beriladigan namunaviy savollarni tayyorlaydi. O‘qituvchi bilan birgalikda mavzu bo‘yicha materiallarni yig‘adi, nutqni yozib oladi, so‘zga chiqishga, savollarga javob berishga tayyorlanadi, nutqni mashq qiladi. 3-bosqich Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi; Bahs munozarani o‘tkazadi. Kirish so‘zi (10minut): Internet haqida umumiy fikrlar beradi. Guruhlarni tanishtiradi, maqsadni va kutiladigan natijalarni e’lon qilib, Guruhni bahs munozaraga chorlaydi. Boshqaruvchanlikni qo‘ldan bermaydi. 1-guruh“O‘quvchilarga internetdan foydalanishni ta’qiqlash kerak”ligi, “Tarafdorlar”ining so‘zga chiqishi (2 ta reja-20 minut) 2-guruh “Qarshilar”ning so‘zga chiqishi (2ta reja- 20minut). O‘zaro bahsli savol-javob (20 minut) Ekspertlarning xulosasi, baholash (10 minut). 4-bosqich Yakunlovchi bosqich; Bahs munozaraga qatnashganlarni rag‘batlantiradi, ochiq qolgan savollarni umumlashtirib javob beradi, qo‘shimchalar qilinadi (10 minut) Tushunmovchilik bo‘lsa, savol beradi, tinglaydi. 5-bosqich Xulosa va tavsiyalar berish bosqichi; O‘qituvchi o‘zi uchun o‘tkazilgan bahs munozara haqida xulosa qiladi: yutuq va kamchiliklarni belgilab oladi. Yutuqlarni ko‘paytirish, kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiya ishlab chiqadi. (O‘quvchi ishtiroki yo‘q) (Jami 80-90 minut) Bahs munozarada qatnashchilarini quyidagilarga e’tiborga berishlari hisobga olinadi: O‘rganilgan bilimlardan samarali foydalanilganlik; Munozarada chuqur tahliliy yondashuvning mavjudligi; Nutqning tizimli, tiniq, ravon va ishonli ifodalanganligi; Nutqda tajovuzning, qo‘pollik mavjud emasligi. Bahs munozaradan darsdan tashqari vaqtda va dars jarayonida ham foydalanish mumkin. Buning uchun o‘qituvchi dars jarayonidagi bahs munozaraning loyihasini tayyorlash va uning asosida darsni tashkil etishi lozim. Bahs munozaralarni tashkil etish o‘quvchilarda informatikaga oid nutqni rivojlantirishga, tizimli so‘zlashga, o‘z fikr-mulohazalarini erkin ayta olishga, muloqotga kirishish, savol berish, berilgan savolga javob topishga o‘rgatishi bilan, o‘rganiladigan fanga qiziqtirish ortishiga olib keladi. Shuningdek, bahs munozaraga kirishish mantiqiy, kommunikativ aloqani rivojlantirishga tezda reaksiya(har qanday ta’sirga javob qaytarish)ga kirisha olishga o‘rgatadi. Download 389.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling